Tarixda ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati finalida Super Bowl uslubidagi halftime-show tashkil etiladi.
Sahna esa haqiqiy yulduzlarga topshiriladi:
- Madonna
- Shakira
- BTS
birgalikda chiqish qilishi ma’lum bo‘ldi.
Yangilik ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv uyg‘otdi. Muxlislar allaqachon:
“Bu tarixiy shou bo‘ladi”
“Finaldan ham ko‘proq shu performansni kutyapmiz”
“BTS va Shakira bir sahnada?!”
deya hayajon bilan izoh qoldirmoqda.
Halftime-show formati avval asosan Super Bowl bilan mashhur edi. Endi esa FIFA ham finalni yanada spektaklli va global shouga aylantirmoqchi.
Hozircha chiqish konsepti, qo‘shiqlar ro‘yxati, hamkorlik performanslari sir saqlanmoqda. Ammo internet bu shouni allaqachon yilning eng katta musiqiy voqealaridan biri deb atamoqda.

















