Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Yulduz Rajabova va Emre Kıvılcımning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonlik mashhur aktrisa Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kıvılcım rasman turmush qurdi. Juftlikning nikoh to‘yi haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avval juftlik Turkiyada kichik nikoh marosimi o‘tkazgan. Keyinchalik ular o‘zbekona to‘y Toshkentda bo‘lishini ham aytgan edi.

To‘ydan tarqalgan foto va videolarda:

  • milliy atmosfera
  • o‘zbekona urf-odatlar
  • samimiy va hashamatli bezaklar

muxlislar e’tiborini tortdi. Internet foydalanuvchilari esa juftlikni “eng chiroyli media juftliklardan biri” deb atamoqda.

Emre Kıvılcım va Yulduz Rajabova “Mendirman Jaloliddin” seriali orqali yaqindan tanishgani aytiladi. Keyinchalik ularning munosabatlari real hayotga ham ko‘chgan.

Aktrisa avvalroq ijtimoiy tarmoqqa qisqacha “Wedding” va “Fotiha” yozuvlari bilan post joylab, muxlislarini hayratda qoldirgandi. Shundan keyin internetda ularning munosabatlari yanada ko‘proq muhokama qilina boshlagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 218

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *