Xonanda Malika Ravshanovaning “Kutaman” qo‘shig‘i uchun sun’iy intellekt yordamida ishlangan klipi internetda katta qiziqish uyg‘otgandi. Endi esa ushbu AI-klip uchun qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klip sun’iy intellekt texnologiyalari orqali tayyorlangan bo‘lib, loyiha narxi bir necha ming dollarni tashkil qilgan. Klip ustida bir nechta mutaxassis va AI-grafika bilan ishlovchi jamoa ishlagan. Taqqoslash uchun, agar ushbu loyiha an’anaviy usulda suratga olinganida, kamida 1 yil vaqt talab qilinishi va taxminan 50 ming dollar mablag‘ ketishi mumkin edi. Bunga sabab — klipda to‘rt fasl manzaralari mujassam etilgani bilan izohlanadi.
“Kutaman” klipi:
- noodatiy vizual uslubi
- kinoga o‘xshash atmosfera
- sun’iy intellekt orqali yaratilgan kadrlar
sabab ijtimoiy tarmoqlarda tezda viral bo‘lib ketgan edi

















