Islandiya dunyodagi eng “mushuksevar” davlatlardan biri bo‘lib ko‘rinsa ham, aslida bu mamlakatda mushuklarga nisbatan juda noodatiy qoidalar va qarashlar mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq yillar davomida Islandiyaning ayrim hududlarida mushuk boqish taqiqlangan. Bunga sabab esa mushuklar:
- mahalliy qushlarga zarar yetkazishi
- ekologik muvozanatni buzishi
- kasallik tarqatishi mumkinligi
bilan izohlangan.
Ayniqsa, Reykjavik shahrida bir paytlar mushuklarni erkin yurishiga qarshi qat’iy qoidalar joriy qilingan. Mahalliy aholi esa bu holatni hazil tariqasida:
“Islandiyada mushuklar unchalik ham sevilmaydi”
deb ayta boshlagan.
Shunga qaramay, bugungi kunda mamlakatda mushuklar juda mashhur uy hayvonlaridan biri hisoblanadi. Internetda esa Islandiyaning sovuq ob-havosida yashovchi semiz va junli mushuklar alohida trendga aylangan.

















