G‘aroyibSayohatUmumiyYangiliklar

Yaponiyada Pokemon’ga bag‘ishlangan dunyodagi ilk aeroport ochiladi

Pokemon muxlislari uchun kutilmagan yangilik e’lon qilindi. Yaponiyada dunyodagi ilk Pokemon uslubidagi aeroport ishga tushiriladi.

Aeroportga yangi nom beriladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ishikava prefekturasidagi Noto aeroporti vaqtincha “Noto Satoyama Pokemon With You Airport” deb qayta nomlanadi. Yangi konsepsiya 2026-yil 7-iyuldan boshlab ishga tushadi va loyiha 2029-yilgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Ichkarida nimalar bo‘ladi?

Aeroport to‘liq Pokemon atmosferasida bezatiladi. Mehmonlarni:

  • Pikachu va boshqa mashhur qahramonlar tasvirlari
  • maxsus tematik zonalar
  • Pokémon mahsulotlari sotiladigan do‘konlar
  • foto hududlar
  • eksklyuziv suvenirlar

kutib oladi.

Shuningdek, hudud bo‘ylab Pokémon qahramonlari tushirilgan kanalizatsiya qopqoqlari va tematik dam olish joylari ham o‘rnatilishi aytilmoqda.

Loyiha ortida qanday maqsad bor?

Mazkur loyiha nafaqat anime va o‘yin muxlislari uchun, balki turizmni rivojlantirish maqsadida ham amalga oshirilmoqda. Noto hududi 2024-yildagi kuchli zilzila va suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan edi. Endi esa Pokémon brendi yordamida sayyohlarni yana jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Pokemon’ning ta’siri hali ham kuchli

Oradan qariyb 30 yil o‘tganiga qaramay, Pokémon hali ham dunyoning eng mashhur media franshizalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa Pikachu obrazi global pop-madaniyat ramziga aylangan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 203

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *