JozibadorMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Dua Lipa turmushga chiqdi: xonanda unashtirilganini rasman tasdiqladi

Juftlik ilk bor 2024-yil boshlarida birga ko‘rina boshlagan edi. Shundan so‘ng ular bir necha marotaba ommaviy tadbirlar va sayohatlarda birga paydo bo‘lishgan.

So‘nggi oylar davomida Dua Lipaning uzuk bilan tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi. Ko‘plab muxlislar bu unashtiruv uzugi ekanini taxmin qilgan, biroq xonanda bunga izoh bermagandi.

Ma’lum qilinishicha, 31-may kuni Londonda 30 yoshli xonanda Dua Lipa va 36 yoshli aktyor Kallum Ternerning rasmiy nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish marosimi bo‘lib o‘tgan. Jahon yulduzlarining to‘yi munosabati bilan tashkil etiladigan dabdabali tantana esa iyun oyining birinchi haftasida Palermoda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Callum Turner kim?

Callum Turner britaniyalik aktyor bo‘lib, u bir qator mashhur filmlar va seriallarda ishtirok etgan. Tomoshabinlar uni, ayniqsa, Fantastic Beasts: The Crimes of Grindelwald va Masters of the Air loyihalari orqali yaxshi taniydi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 225

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *