G‘aroyibMadaniyat va dam olishTanlanganlarTOPUmumiy

70 ming shikoyat, 50 ming metr mato va 4 ming bosh kiyim: “Muhtasham yuz yil” seriali raqamlarda

Turk seriallari tarixidagi eng mashhur loyihalardan biri bo‘lgan Muhteşem Yüzyıl nafaqat syujeti, balki rekord ko‘rsatkichlari bilan ham e’tiborni tortadi. Serial ortida ulkan mehnat, millionlab dollar mablag‘ va minglab mutaxassislar jamoasi turgan.

70 mingdan ortiq shikoyat

Serial efirga uzatilgan davrda Turkiya radio va televideniye nazorat kengashiga loyiha yuzasidan 70 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan. Asosan tarixiy voqealarning talqini va ayrim sahnalar tomoshabinlar noroziligiga sabab bo‘lgan.

50 ming metr mato sarflangan

Usmonlilar davri muhitini yaratish uchun kostyum dizaynerlari qariyb 50 ming metr matodan foydalangan. Har bir libos tarixiy manbalarga asoslanib tayyorlangan bo‘lib, ayrim kiyimlarni yaratish uchun haftalab vaqt ketgan.

4 mingdan ortiq bosh kiyim

Serial uchun 4 mingdan ziyod salla, toj va boshqa bosh kiyimlar tayyorlangan. Ular orasida sultonlar, saroy amaldorlari va haram a’zolariga tegishli maxsus aksessuarlar ham bo‘lgan.

Topkapi saroyi qayta yaratilgan

Tomoshabinlar serialda ko‘rgan saroy xonalari va yo‘laklari maxsus dekoratsiyalar sifatida qurilgan. Suratga olish maydonchalari o‘sha davr muhitini iloji boricha aniq aks ettirish uchun yaratilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 265

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *