Dunyoning eng mashhur xonandalaridan biri Teylor Svift “O‘yinchoqlar tarixi 5” animatsion filmi uchun yaratgan yangi qo‘shig‘i bilan ilk bor “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Xonanda film uchun maxsus yozilgan “I Knew It, I Knew You” nomli saundtrekni iyun oyida taqdim etdi. Qo‘shiq qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyat qozonib, kino va musiqa tanqidchilarining e’tiborini tortdi.
Mutaxassislar fikricha, Pixar va Disney’ning afsonaviy franshizasi uchun yaratilgan mazkur kompozitsiya “Eng yaxshi original qo‘shiq” nominatsiyasida jiddiy da’vogarlardan biri bo‘lishi mumkin. Shu sabab Teylor Sviftning uzoq kutilgan ilk “Oskar” nominatsiyasi haqida gap-so‘zlar kuchaymoqda.
Qizig‘i shundaki, Svift avval ham filmlar uchun qo‘shiqlar yaratgan, biroq hozirgacha “Oskar” nomzodlari qatoridan joy olmagan. “O‘yinchoqlar tarixi” franshizasi esa tarixan ushbu nominatsiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan. Agar prognozlar o‘zini oqlasa, Teylor Svift nafaqat musiqiy faoliyatidagi, balki kino olamidagi eng muhim yutuqlaridan biriga erishishi mumkin.



















