Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Dua Lipa turmush qurgach, eri atrofida mojaro avj oldi

Xonanda Dua Lipa va aktyor Kallum Tyornerning to‘yi hali ham muxlislar muhokamasi markazida ekan, aktyor atrofida yangi mojaro yuzaga keldi.

Kylie Jennerning sobiq yordamchisi Viktoriya ismli ayol Tyorner bilan qariyb ikki yil davomida munosabatda bo‘lganini da’vo qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyor bu munosabatlarni doim sir tutishga harakat qilgan va ularga oid suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish yoki omma oldida birga ko‘rinishni taqiqlagan.

Viktoriyaning aytishicha, Kallum Tyorner aynan u bilan birga qatnashgan kechki ovqatlardan birida Dua Lipa bilan tanishgan. Oradan ko‘p o‘tmay esa aktyor qiz bilan FaceTime orqali munosabatlarini yakunlagan.

Hozircha Kallum Tyorner ham, Dua Lipa ham bu da’volar yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Shunga qaramay, mazkur bayonot ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ayrim muxlislar Viktoriya aytgan gaplarga shubha bilan qarayotgan bo‘lsa, boshqalar voqeaning tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumot kutmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 253

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *