FaunaG‘aroyibUmumiyYangiliklar

Uyida 300 dan ortiq ilon boqqan xitoylik erkak qamoqqa olindi

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasida yashovchi erkak uyida noqonuniy ravishda 300 dan ortiq ilon saqlagani uchun qamoqqa olindi. Huquq-tartibot organlari uning faoliyatini elektr energiyasi iste’molidagi g‘ayrioddiy yuqori ko‘rsatkichlar orqali aniqlagan.

Tergov materiallariga ko‘ra, ish bo‘yicha jami 436 ta piton aniqlangan. Ularning umumiy qiymati 30 million yuandan (4,4 million dollardan) oshadi. Xitoyda qo‘riqlanadigan hayvonlarga oid qoidalarni buzgan shaxslar besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Tekshiruv davomida politsiya uydan turli turdagi pitonlar va boshqa ilonlarni topgan. Aniqlanishicha, ularning aksariyati ruxsatsiz saqlangan va noqonuniy ravishda ko‘paytirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, ayrim yovvoyi hayvonlarni ruxsatsiz saqlash va ko‘paytirish uchun jiddiy jazo belgilangan. Hozirda ilonlar tegishli mutaxassislar nazoratiga topshirilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 240

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *