1. Beyonse — 24 million dollar
2023-yilda Dubaydagi Atlantis The Royal mehmonxonasining ochilish marosimida bir soatlik xususiy konsert berib, rekord darajadagi 24 million dollar gonorar oldi.
2. The Rolling Stones — 18,7 million dollar
Afsonaviy rok guruhi 2002 yilda amerikalik milliarder Devid Bondermanning 60 yoshlik yubileyida ishtirok etib, taxminan 18,7 million dollar haq olgan.
3. Selin Dion — 8,5 million dollar
Billboard ma’lumotlariga ko‘ra, mashhur xonanda xususiy tadbirlardagi har bir chiqishi uchun o‘rtacha 8,5 million dollar miqdorida gonorar olgan.
4. Eagles — 6 million dollar
Mashhur amerikalik rok guruhi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan xususiy kechada faqat o‘zining mashhur Hotel California qo‘shig‘ini ijro etish uchun 6 million dollar haq olgan.
5. Kristina Agilera — 6 million dollar
2005 yilda rossiyalik milliarder Andrey Melnichenkoning Fransiyada o‘tkazilgan to‘y marosimida kuylagani uchun 6 million dollar gonorar olgan.
Bugungi kunda xususiy konsertlar mashhur san’atkorlar uchun eng daromadli faoliyatlardan biriga aylangan. Ayrim hollarda bir soatlik yopiq tadbir butun bir gastrol safaridan ko‘ra ko‘proq daromad keltirishi mumkin.



















