G‘aroyibJozibadorKo‘ngilocharMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Madonna 20 yildan keyin yangi albomi bilan qaytdi

Pop musiqasi afsonasi Madonna uzoq kutilgan yangi albomini taqdim etdi. San’atkorning “Confessions II” nomli 15-studiya albomi 2005-yilda katta muvaffaqiyat qozongan “Confessions on a Dance Floor” albomining mantiqiy davomi sifatida e’tirof etilmoqda. Albom 3-iyul kuni rasman tinglovchilarga taqdim etildi.

Yangi reliz musiqa tanqidchilari tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘plab nufuzli nashrlar uni Madonnaning so‘nggi yigirma yildagi eng kuchli ijodiy ishlaridan biri deb baholamoqda. Albomda raqs va elektron pop uslublari zamonaviy ohanglar bilan uyg‘unlashtirilgan.

67 yoshli xonanda ushbu albom orqali hali ham ijodiy salohiyati va sahnadagi kuchli energiyasini saqlab qolganini namoyish etdi. “Confessions II” nafaqat uning uzoq yillik muxlislarini, balki yangi avlod tinglovchilarini ham o‘ziga jalb qilishi kutilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 264

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *