JozibadorMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Tbilisida Alisher Navoiy haykali tantanali ravishda ochildi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali tantanali ravishda ochildi. Marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ishtirok etdi. Haykal ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalar va do‘stlikning yana bir muhim ramzi sifatida e’tirof etildi.

Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy adabiy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun insoniyatning bebaho ma’naviy boyligi ekani alohida ta’kidlandi. Uning asarlari asrlar davomida ilm-fan, adabiyot va ma’rifat rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi.

Shuningdek, Gruziyada Alisher Navoiy xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlar davom etayotgani, 2026-yilda Tbilisidagi markaziy bog‘lardan biriga ham uning nomi berilgani eslatib o‘tildi. O‘z navbatida, Toshkentda gruzin adabiyotining buyuk namoyandasi Shota Rustaveli nomidagi ko‘cha va haykal mavjud.

Mutaxassislar fikricha, Tbilisida Alisher Navoiy haykalining ochilishi O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 254

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *