Nepalning Chitvan milliy bog‘i yaqinida yashovchi bir oila bilan bog‘liq dahshatli voqea jamoatchilikni larzaga soldi. Mahalliy aholiga “Dhurbe” nomi bilan tanilgan yovvoyi fil 14 yil davomida aynan shu oilaga hujum qilib kelgani, oqibatda uning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk fojia 2012-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda fil oila boshlig‘ining ota-onasini bosib ketgan. Oradan yillar o‘tib, 2026-yil iyul oyida u yana qaytib kelib, erkakning kelini va to‘rt yoshli nabirasiga hujum qilgan. Ular voqea joyida vafot etgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Dhurbe” Nepaldagi eng xavfli yovvoyi fillardan biri hisoblanadi. U ilgari ham ko‘plab odamlarga hujum qilgani va o‘nlab uylarni vayron qilgani sababli yillar davomida kuzatuv ostida bo‘lgan.
Mazkur hodisa Nepalda inson va yovvoyi tabiat o‘rtasidagi mojaro tobora jiddiy tus olayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Mutasaddilar milliy bog‘lar atrofida yashovchi aholini himoya qilish choralarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqda.



















