Turk kinosi afsonalaridan biri, “Muhtasham yuz yil” serialidagi Valide Sulton obrazi bilan millionlab tomoshabinlarga tanilgan Nebahat Chehre sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng yana ekranlarga qaytmoqda. 81 yoshli aktrisa yangi serialdagi roli bilan muxlislarini xursand qildi.
Ma’lum qilinishicha, Nebahat Chehre 2026-yil kuzida namoyish etilishi rejalashtirilgan yangi loyihada bosh qahramonlardan birini gavdalantiradi. Aktrisaning qaytishi turk kino sanoatidagi eng kutilgan voqealardan biri sifatida baholanmoqda.

Nebahat Chehre so‘nggi yillarda ekranlardan uzoqda bo‘lsa-da, u ko‘plab muxlislarining sevimli aktrisalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, “Muhtasham yuz yil” serialidagi Valide Sulton obrazi uning faoliyatidagi eng yorqin rollardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Yangi loyiha tafsilotlari hali to‘liq oshkor etilmagan. Biroq aktrisaning uzoq tanaffusdan keyin yana suratga olish maydonchasiga qaytishi turk seriallari ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.






