Televideniye olamidagi eng nufuzli mukofotlardan biri — Emmy Awardsning 2026-yilgi nominatsiyalari rasman e’lon qilindi.
78-chi “Emmi” televizion mukofotiga nomzodlar rasman e’lon qilindi. Nomzodlar ro‘yxatini avvalgi “Emmi” sovrindorlari Liza Kolon-Zayas (“Ayiq”) va Jeff Hiller (“Kimdir qayerdadir”) Televideniye akademiyasi raisi Kris Abrego bilan birgalikda taqdim etdi. G‘oliblar esa 14-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali taqdirlash marosimida ma’lum qilinadi.
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli:
- Sterling K. Braun — “Jannat”
- Gari Oldman — “Sekin otlar”
- Mark Ruffalo — “Topshiriq”
- Rufus Syuell — “Diplomat”
- Noa Uayli — “Pitt kasalxonasi”

Dramatik serialdagi eng yaxshi ayol roli:
- Kerri Kun — “Zarhal davr”
- Cheyz Infiniti — “Ahdnomalar”
- Keri Rassell — “Diplomat”
- Rey Sihorn — “Ko‘plardan biri”
- Zendeya — “Eyforiya”
Eng yaxshi komedik serial:
- “Ebbott boshlang‘ich maktabi” (ABC)
- “Ayiq” (FX)
- “Hiylalar” (HBO Max)
- “Margoning pullar bilan muammosi bor” (Apple TV)
- “Buni hech kim istamaydi” (Netflix)
- “Binodagi qotilliklar” (Hulu)
- “Terapiya” (Apple TV)
- “Bevalar ko‘rfazi” (Apple TV)





