Madaniyat va dam olishTanlanganlarUmumiy

Bred Pitt 20 mln dollar gonorar olgan “Benjamin Battonning sirli tarixi” filmi haqida qiziqarli faktlar

2008-yilda ekranlarga chiqqan “Benjamin Battonning sirli tarixi” filmi Gollivudning eng noodatiy loyihalaridan biri hisoblanadi. Rejissyor Devid Fincher suratga olgan kartinada Bred Pitt tug‘ilganidan boshlab qarib emas, aksincha, yosharib boradigan inson obrazini gavdalantirgan. Film tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.

Filmni suratga olish uchun o‘sha davrda ilg‘or hisoblangan vizual effektlar texnologiyalaridan foydalanilgan. Bred Pittning yosh va qarilik davrlari murakkab grim hamda kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan. Aktyorning ayrim obrazlari ustida ishlash uchun har kuni bir necha soat vaqt sarflangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bred Pitt ushbu filmda rol ijro etgani uchun 20 million dollar gonorar olgan. Kartina dunyo prokatida 335 million dollardan ortiq daromad to‘plagan va uning faoliyatidagi eng muhim filmlardan biriga aylangan.

“Benjamin Battonning sirli tarixi” 81-Oskar mukofotida 13 ta nominatsiyani qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi vizual effektlar”, “Eng yaxshi grim” va “Eng yaxshi badiiy bezak” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lgan. Bred Pitt esa ushbu kartinadagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 268

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *