Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Maxluqlar ta’tilda” multfilmining beshinchi qismi rasman tasdiqlandi

Sony Pictures Animation va Amazon MGM Studios mashhur “Maxluqlar ta’tilda” (Hotel Transylvania) franshizasining beshinchi qismi ustida ish boshlanganini rasman e’lon qildi. Yangi film “The Haunting of Hotel Transylvania” (“Maxluqlar ta’tildagi sirli hodisa”) nomi bilan 2027-yil 8-oktyabr kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi.

Film voqealari avvalgi qismdan keyin davom etadi. Endilikda mehmonxonani Mavis va Jonni boshqaradi. Biroq mehmonxonada sirli va tushuntirib bo‘lmaydigan hodisalar yuz bera boshlaydi. Drakula va uning do‘stlari esa bu safar haqiqiy arvoh kim ekanini aniqlashga kirishadi.

Yangi kartina franshizaning 2022-yilda Prime Video’da namoyish etilgan to‘rtinchi qismidan so‘ng katta ekranlarga qaytishini anglatadi. Hozircha barcha ovoz bergan aktyorlar tarkibi rasman e’lon qilinmagan, biroq Kigan-Maykl Ki Myurrey obraziga yana ovoz berishini tasdiqlagan.

2012-yilda boshlangan “Maxluqlar ta’tilda” franshizasi bugungi kungacha dunyo bo‘ylab 1,3 milliard dollardan ortiq daromad yig‘gan. Beshinchi qism esa mashhur animatsion olamga yangi sarguzasht va sirli voqealarni olib kirishi kutilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 279

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *