FaunaG‘aroyibJozibadorTOPYangiliklar

Xitoy aeroportida daydi mushuklar uchun “Sichqonlarga qarshi kurash bo‘limi” tashkil etildi

Xitoyning Lanchjou Chjunchuan xalqaro aeroporti o‘z hududidagi daydi mushuklar uchun g‘ayrioddiy loyiha yo‘lga qo‘ydi. Aeroportda “Sichqonlarga qarshi kurash bo‘limi” deb nomlangan maxsus maskan tashkil etilib, unda uch nafar mushuk “xodim” sifatida faoliyat yuritmoqda.

Shisha uycha ko‘rinishida qurilgan ushbu maskan ventilyatsiya tizimi, ichimlik suvi, dam olish joylari va o‘yin maydonchalari bilan jihozlangan. Aeroport xodimlari mushuklarga muntazam g‘amxo‘rlik qiladi, ertalab esa ularni omborxonalar, oshxonalar va yuk hududlarida qisqa “patrul”ga olib chiqadi. Ularning asosiy vazifasi — kemiruvchilar sonini nazorat qilish.

Aeroport ma’lumotiga ko‘ra, mushuklar joriy yil boshidan buyon rasman parvarishga olingan va shundan beri hududda sichqonlar bilan bog‘liq muammolar deyarli kuzatilmagan. Shu sababli kemiruvchilarga qarshi kimyoviy vositalardan foydalanish ham sezilarli darajada kamaygan.

Mazkur tashabbus ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Yo‘lovchilar mushuklar bilan suratga tushmoqda, internet foydalanuvchilari esa aeroportning hayvonlarga nisbatan mehribon munosabatini yuqori baholab, uni noodatiy va iliq tashabbus sifatida e’tirof etmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 147

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *