Psixologik testlarSavol JavoblarShaxsiyat testlariUmumiy

Qanchalik darajada toksizsiz?

 Do‘stingiz sizni qo‘ng‘iroqlaringizga kech javob bersa, nima deb o‘ylaysiz?

Ishlari ko‘pdir, keyinroq aloqaga chiqadi

Umid qilamanki, mendan xafa emasdir

Endi men ham uni ataylab kuttiraman

Bu hurmatsizlik men hech kimni kuttirmayman

Sobiq sevgilingiz ijtimoiy tarmoqlarda baxtli ko‘ringanida qanday munosabat bildirasiz?

Umuman ahamiyat bermayman

Yengil bitta xo‘rsinaman lekin o‘tib ketadi

Bu soxta baxt bir kun baribir qulaydi

Darrov soxta profildan kuzataman keyin do‘stidan gap olaman

Do‘stlar guruhida o‘zingizni chetlatilgandek his qildingiz. Nima qilasiz?

Vaziyatni ochiqchasiga gaplashaman

Jimgina uzoqlashaman

Ranjituvchi “hikoyalar”  joylayman

Guruhni buzadigan odam o‘zim bo‘laman

Tortishuv paytida nohaq ekanligingizni anglab yetdingiz. Qanday yo‘l tutasiz?

Kechirim so‘rayman

Jimgina mavzuni o‘zgartiraman

Nohaq bo‘lsam ham, o‘zimni haq qilib ko‘rsataman

U taraf  butunlay jim bo‘lguncha bahsni davom ettiraman

Sizga yaqin inson yangi munosabat boshladi. Birinchi reaksiyangiz qanday bo‘ladi?

Rostdan ham juda xursandman

Biroz rashk qildim lekin xursandman

Darrov kamchilik izlayman

U haqida yomon gaplar gapirishni boshlayman

Do‘stingiz sizdan ko‘ra muvaffaqiyatga erishdi. Nimani his qilasiz?

Faxrlanaman, quvonaman

Ichimda solishtirishni boshlayman

Uning yutug‘ini arzimasga chiqaraman

U bilan aloqani uzaman

Chegaralaringizni himoya qilishga qanday ta’rif berasiz?

Bu o‘zaro hurmat asosida bo‘ladi

Ba’zida masofa qo‘yaman

 Kimdir menga bosim o‘tkazsa o‘yin boshlanadi

Odamlarga haddini ko‘rsatish shart

Sevgan insoningiz sizga kech yozdi. Nima qilasiz?

Ishlari chiqqandir, muammo qilmayman

Yengilgina xafa bo‘lganimni bildirishga harakat qilaman

E’tibor bermaganday ko‘rsatib, men ham kech yozaman

Tonggacha kinoyali va ranjituvchi xabarlar yuboraman

Tortishuv davomida qarshi taraf yig‘ladi. Nimani his qilasiz?

Xafa bo‘laman, o‘zimni bosib olaman

Haq bo‘lsam, davom etaman

Nozik joyini topdim, deb o‘ylayman

Bu endi boshlanishi xolos

Do‘stingiz sizga yuragidagi muhim bir voqeani aytdi. Ichki ovozingiz nima deydi?

Rostdan ham ahamiyat beraman, diqqat bilan tinglayman

Shu paytda o‘zim boshimdan o‘tkazgan voqealarni eslayman

Ich-ichimda uni tanqid qilaman

Buni kimgadir tezroq aytishim kerak

Farishtaga o‘xshaysiz 

Siz juda mehribon, sabrli va tushunadigan insonsiz. Odamlar siz bilan o‘zini tinch va qadrlangandek his qiladi. His-tuyg‘ularni boshqarishda yuksak darajadasiz. Toksik xatti-harakatlar sizga begona,  siz munosabatlarda sog‘lom muvozanat na’munasisiz.

Sizda biroz toksiklik bor

Umuman olganda niyatingiz yaxshi, lekin ba’zida rashk yoki xafagarchilik sizni bilmasdan passiv-agressiv harakatlarga undashi mumkin. Biroq o‘zingizni anglash darajangiz yuqori. Shuning uchun tezda o‘z ustingizda ishlab, yanada sog‘lom munosabatlar qura olasiz.

Siz toksiksiz

Odamlar bilan munosabatlarda ba’zida chegarani bosib o‘tasiz. Ishonchsizlik, o‘zingizni boshqalar bilan solishtirish yoki haddan tashqari reaksiyalar atrofingizdagilarni charchatishi mumkin. O‘zingizni sinchiklab tahlil qilish, siz uchun foydali bo‘ladi.

Siz — “toksik” so‘zining tirik ta’rifisiz

Siz biroz buyruq berishni yaxshi ko‘radigan, nazorat qilishni yoqtiradigan va ba’zida boshqalarni boshqarishga urinadigan (manipulyativ) insonsiz. Bunday xatti-harakatni kuch deb o‘ylayotgan bo‘lishingiz mumkin lekin bu atrofingizdagi odamlarning sizdan uzoqlashishiga sabab bo‘ladi. 

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *