Siz yoqtirgan insongiz bilan birinchi bor uchrashganingizda nima qilasiz?

Uzoqdan turib orzu-hayollarga berilaman
Biroz uyalaman lekin jilmayib qo‘yaman
Ko‘ziga qarashga urinaman
Darrov tanishishning biror yo‘lini izlayman
Yangi inson bilan tanishayotganingizda qaysi usuldan foydalanasiz?

Romantik nigohlar
Beg‘ubor hazillar
Yengilgina teginishlar
Yoqqanini ochiqchasiga aytaman
Birinchi xabarni kim yozishini xohlaysiz?

U yozsin lekin men chin dildan xohlayman
Biroz jur’at yig‘sam, o‘zim yozaman
Oldin bir “ishora” tashlab qo‘yaman
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zim yozaman
Tanishishni xohlagan insoningiz sizni pisand qilmasa, nima qilasiz?

Xafa bo‘laman lekin hech kimga bildirmayman
“Qismat emas ekan” deb qabul qilaman
Ich-ichimdan siqilaman lekin sabr qilaman
Unga o‘zini yana bir bor eslataman
Sizningcha, muhabbatda eng muhim narsa nima?

Chin yurakdan bog‘lanish
Mehr-oqibat
Sadoqat
Sarguzasht va hayajon
Kimdir sizni yoqtirib qolganini qanday bilasiz?

Doim menga qarashidan
Yonimda hayajonlanishidan
Menga kichkina yaxshiliklar qilishidan
Ko‘p iltifot qilishidan
Siz uchun ideal uchrashuv qanday?

Tinch va sokin sayr
Piknik yoki yoqimli bir qahva suhbati
Nafis bir kechki ovqat
Birgalikda yangiliklarni sinab ko‘radigan qiziqarli kun
Siz uchun yangi tanishuvda eng qiyin narsa nima?

Hislarimni ochiq aytish
Yetarlicha jur’at topish
Noto‘g‘ri tushunilishdan qo‘rqish
O‘zimni biroz sekinlashtirish
Sizning muhabbat hayotingizni eng yaxshi ifodalovchi so‘z qaysi?

Ertak kabi
Shiringina
Drama bilan to‘la
Olovdek ehtirosli
Yuragingizni zabt etadigan inson qanday bo‘lishi kerak?

Orzularimni tushunadigan
Meni asraydigan va himoya qiladigan
Sabrli va ishonchli
Jasur va ehtirosli

Rapunzel
Siz uchun tanishuv xuddi ertakdek boshlanadi. Yuragingizni darrov ochmaysiz lekin kimdir sizni chin dildan tushuna olsa, ichingizdagi cheksiz mehr va muhabbatga erisha oladi. Tasavvuringiz sizning romantik olamingizning asosi hisoblanadi.

Oppog‘oy
Siz nozik, nafis va biroz tortinchoqsiz.. Samimiyligingiz bilan qalblarni zabt etasiz. Muhabbatga to‘lgansiz va chinakam rishtalar qurish siz uchun eng qadrli narsalardan biridir.

Zolushka
Siz an’anaviy romantiklardansiz. Har bir narsaning o‘z o‘rnida bo‘lishini istaysiz. Sabrli va his-tuyg‘uga boy noz-karashmalarda tajribalisiz. Lekin ba’zida biroz ortiqcha umid bog‘lab qo‘yishingiz ham mumkin.

Suv parisi
Siz jasur va erkin ruhlisiz. Kimnidir yoqtirib qolsangiz, buni yashirib o‘tirmaysiz. Yangi tanishuvlarda faol va ehtiroslisiz. Muhabbat siz uchun zavq va hayajon bilan yashanishi kerak bo‘lgan bir tuyg‘u.