Madaniyat va dam olishUmumiy

Megan Marklning dam olish kunlaridagi suratlari, shahzoda Garrining diqqatga sazovor bayonoti!

Sasseks gersoginyasi Megan Markl yangi suratlari bilan yana ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor markaziga tushdi. U sohilda sayr qilayotgani va daraxtdan o‘rik terayotgani aks etgan oddiy va tabiiy suratlari bilan muxlislarini xursand qildi. Megan postiga qisqa, ammo mazmunli gap qoldirgan:
“Meva ter. Yeb ko‘r. Takrorla.”

Ammo Megan tinchgina dam olayotgan paytda uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Garri esa o‘tmishdagi og‘ir davrlarni eslashni ma’qul ko‘rmoqda. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Nexus Global Sammiti’da so‘zga chiqqan Garri 2018-yilda Megan “butun dunyoda eng ko‘p haqorat qilingan va kiberzo‘ravonlikga uchragan kishi” bo‘lganini aytdi.
Page Six’ning ta’kidlashicha, Garri ular tuzgan “Archewell jamg‘armasi” kiberzo‘ravonlik va onlayn yolg‘izlikka qarshi kurashadigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi. U shunday dedi:
“Bizda bu kurashning asl yuzi qanday ekanligini ko‘rsatadigan tirik misol bor.”
Keyin u qo‘shimcha qildi:
“Insonning hayoti qanchalik og‘ir bo‘lsa, unga shunchalik kam achinishadi.”

Garrining aynan 2018-yilni tilga olishi bejiz emas: aynan o‘sha yili Megan va Garri 19-may kuni Vindzor saroyida avliyo Georgiy cherkovida nikohdan o‘tgan edi. Lekin tanqidchilar juftlik qirollik oilasidagi vazifalaridan voz kechib, Amerikaga ko‘chib o‘tganda ham tanqidlar kamaymaganini, aksincha kuchayganini aytishmoqda.
Ayrimlar esa Sasseks gersogi va gersoginyasi “bizga pana kerak” deyishlariga qaramay, doimo e’tibor markazida bo‘lishga intilayotganini ta’kidlashmoqda. Megan yaqinda chiqargan oshpazlik shousi “WithLove, Meghan” ham ba’zi tomoshabinlar tomonidan “soxta va samimiy emas” deb baholangan edi.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan Megan o‘rik terib dam olgani va Shahzoda Garrining qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlari tufayli yana bir bor jamoatchilikning eng ko‘p muhokama qilingan shaxslariga aylandi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *