Madaniyat va dam olishUmumiy

Anastasiya Reshetovaning “Saint-Tropez” kolleksiyasi! Eski janjallar, yangi boshlang‘ichlar

Mashhur model va ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Anastasiya Reshetova yangi hamkorligi bilan yana diqqat markazida! Ayollar kiyim brendi “Try On Dress” 27-iyun kuni Anastasia bilan birgalikda tayyorlagan “Saint-Tropez” nomli cheklangan miqdordagi kolleksiyasini sotuvga chiqardi.
Kolleksiyaning nomi Anastasiyaning eng yaxshi ko‘radigan joylardan biri bo‘lgan Fransiya Rivyerasidagi Saint-Tropez shahridan olingan. Kolleksiyada yozning qaynoq nafasi va dengiz bo‘yidagi nafislikni aks ettiruvchi oltita yumshoq trikotaj kiyim o‘rin egallagan: ko‘ylak, bluzka, ustki kiyim, shim, yubka va kardigan. Aksessuar sifatida esa sharf va ro‘mollar e’tiborni tortmoqda. Kolleksiyaning asosiy rang palitrasi qaymoqrang, jigarrang va pushti tuslardan iborat.
Anastasiya kolleksiya haqida shunday dedi:
“Abadiy yoz orzusini ro‘yobga chiqardik: yengil materiallar, yumshoq trikotajlar va Saint-Tropez ruhini ifodalovchi nafis obrazlar…”

🕌 Ammo Reshetovaning biznesga qaytishi uning oldingi qarorlari va mojaroli voqealarni yana bir bor yodga soldi. Bir paytlar ichki kiyim brendi bo‘lgan Anastasiya 2022-yilda Islom dinini qabul qilganini e’lon qilib, o‘z brendini yopgan edi. Onasining tatar millatiga mansubligini va tatarlarning musulmon ekanini aytgan Reshetova ochiq kiyimlar kiyib, omma oldida bunday ko‘rinishdan uyalganini tan olgan edi. Bu keskin o‘zgarish ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan va ko‘plab odamlar uni ikkiyuzlamachilikda ayblashgan.

💔 Faqat diniy qarori emas balki muhabbat ham ko‘plab gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. O‘tgan yili Reshetovaning ismi qo‘shiqchi Alsuning ajrim mojarosiga aralashdi. Mish-mishlarga ko‘ra, Alsuning turmush o‘rtog‘i Yan Abramov Reshetova bilan yashirin munosabatda bo‘lgan. Alsu bu holatni tasdiqlagan, Anastasiya esa Yan Abramov uning yigiti ekanini ham ochiqchasiga tan olgan edi. 18 yillik turmushi va 3 nafar farzandi bor bo‘lgan juftlikning ajrashishi o‘sha paytda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.

Shu barcha bahslarga qaramay, Anastasiya Reshetova Saint-Tropez kolleksiyasi bilan moda olamida yangi sahifa ochishni mo‘ljallamoqda. Bu yoz kim yoki nima ko‘proq tilga olinadi: yangi kolleksiyami yoki eski mojarolarmi — buni vaqt ko‘rsatadi!

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *