Umumiy

Qaysi turmush tarzi siz uchun ko‘proq mos keladi?

Ertalab uyg‘onganingda birinchi qiladigan ishingiz nima?

Budilnikni o‘chiraman-u, yana uxlayman. Hayot baribir yetarlicha shoshilinch.

Ko‘zimni ochmasdan avval bajariladigan ishlar ro‘yxatini o‘ylayman.

Bildirishnomalarga sho‘ng‘iyman, kun bilan kurash boshlanadi.

Choyimni olib, deraza yoniga o‘tiraman. Gapirmasam ham bo‘laveradi.

Telefoningda faqat 1% quvvat qolgan, o‘zingiz esa tashqaridasiz. Nima qilasiz?

“Demak, bugun dunyo bilan aloqam uzilishi kerak ekan.”

Eng yaqin qahvaxonadan quvvatlash nuqtasini izlayman.

Tashvish! Powerbank’ni nima uchun olmay chiqdim, axir?!

Telefon o‘chganidan keyin yuragimda xotirjamlik paydo bo‘ladi.

Sizga ko‘ra muvaffaqiyat nima?

Yaxshi ko‘rgan ishlarim bilan shug‘ullangan har bir kun men uchun muvaffaqiyatdir.

Maqsad qo‘yib, unga erishish. Ro‘yxatlarimdan hech narsa ortda qolmasligi kerak, deb bilaman.

Boshqalardan oldinda bo‘lish. Raqobat – bu mening asosiy ilhom manbam.

Hech kimga izoh bermasdan, erkin yashay olish, men uchun chinakam muvaffaqiyat.

Ijtimoiy tarmoqlar siz uchun…

Ba’zida kiraman, xordiq chiqarish uchun. Shunchaki ko‘ngil yozish

Kontent rejalarim bor, muntazam ravishda ulashib boraman

Har kuni “istoriya” qo‘ymasdan bir kunim ham o‘tmadi

O‘chirib tashlaganman, shu bilan xotirjamlik topdim

Miyangizdagi fikrlarni tozalash uchun nima qilasiz?

Notanish ko‘chalarda sayr qilaman.

Kundaligimga yozaman, fikrlarimni tartibga solaman.

Yugurishga chiqaman, biror “podkast” tinglayman.

Pardalarni yopaman-da, butun kunni krovatda yotib o‘tkazaman.

Agar o‘zingizga bir uy qursangiz, qaysi biri sizni ifodalardi?

Hamma narsa ikkinchi qo‘l, jihozlar bir-biriga mos emas lekin uyning o‘ziga xos ruhi bor.

Har bir burchagi rejalashtirilgan, hattoki ranglarning uyg‘unligi ham bir-birga mos tushgan.

 Aqlli uy tizimi o‘rnatilgan, chiroqlar ham o‘z-o‘zidan yonadi.

Kichkina, oddiy, ko‘p kitobli va ovoz o‘tkazmaydigan bo‘lsa, bas.

Eng katta qo‘rquvingiz nima?

Hayotimning bitta qolipga tushib qolishi

Hammasining izdan chiqishi, nazoratni yo‘qotish

Orqada qolish, unutilib ketish.

Odamlar orasida o‘zimni yo‘qotib, yo‘q bo‘lib ketish.

Ta’til siz uchun…

Qayerda tong otsa, o‘sha yerda qolaman.

Oldindan band qilingan mehmonxona, aniq marshrut va reja ro‘yxati.

“1 haftada 6 ta shaharni ko‘rdim” degan rejimda o‘tadi.

Hech kim meni topmasin, internet ham bo‘lmasin.

Bir orzungiz ushaldi. Reaksiyangiz qanday bo‘ladi?

Sokingina tabassum qilaman, oqimda qolaman.

Zudlik bilan keyingi maqsadimga o‘taman.

Hammaga e’lon qilaman, nishonlayman, boshqalarni ham ilhomlantiraman.

Hech kimga aytmasdan, ichimda yashayman bu quvonchni.

“Hayot qisqa, shuning uchun…” jumlani qanday davom ettiring?

“…sinab ko‘rmasdan o‘tib ketmang.”

“…vaqt yo‘qotmasdan reja tuzing.”

“…har bir oningizni unumli o‘tkazing.”

“…o‘zingizdagi sukunatni tinglang.”

 Rejasiz Erkinlik (A): Hayot oqimida yashovchi ruh

Siz uchun hayot – bu maqsad emas, tajriba. Qachon nima qilishingizni oldindan bilmaslik sizga erkinlik baxsh etadi. Qoliplar, rejalar, ertalabki budilniklar bularning barchasi sizga to‘g‘ri kelmaydi. Siz hayotni his qilib yashaysiz, ko‘chaga chiqib insonlardan, mayda tafsilotlardan ilhom olib yashaysiz. Bir kun bu joyda, ertasi kuni boshqa bir joyda bo‘lsangiz ham har doim o‘zingiz bo‘lib qolasiz. Tizimlar sizga torlik qiladi, chunki sizning ruhiyat olamingiz keng.

Rejali kun tartibi (B): Tartibli xotirjamlik

Siz uchun hayot – bu tartib, izchillik va ichki muvozanatga asoslangan. Reja tuzishni yaxshi ko‘rasiz, chunki qaysi vaqtda nima qilishingizni bilish sizga xotirjamlik beradi. Shunchalik puxta tizimingiz borki, atrofdagilar ko‘pincha sizdan ilhom oladi. Ammo siz hech narsani shunchaki “erishish” uchun bajarmaysiz – ichingizda o‘zingizni to‘liq namoyon etishga bo‘lgan chuqur ehtiyoj bor. Siz hayotdan qochmaysiz siz uni boshqarasiz.

Yuqori tezlik, yuqori bosim (C): Doimo harakatda yashovchi

Sizning tezligingizga yetisha oladiganlar juda kam. Har on, har soniyani to‘liq yashashni istaysiz. Yaratish, bo‘lishish va doim faol bo‘lish sizni kuchli qiladi. Bir kunni bekor o‘tkazish bu siz uchun vaqtni boy berishdek tuyuladi. Bunday quvvatli va ko‘p yo‘nalishda faol bo‘lish – bu kuchli xarakter belgisidir. Lekin ba’zida to‘xtashni ham o‘rganishingiz kerak,  chunki siz sekinlaganingizda ham juda qadrlisiz.

Sokin Yolg‘izlik (D): ichkariga qarab kengayuvchi

Siz uchun hayot  tashqi olamda emas, ichki olamda boshlanadi. Atrofdagilar bilan bo‘lishish yomon emas lekin eng to‘liq o‘zingiz bo‘lishni faqat yolg‘izlikda his qilasiz. Jimjitlik siz uchun bo‘shliq emas balki o‘zingiz bilan uchrashish va o‘sish joyi. Siz sezgir, chuqur o‘ylovchi va mayda tafsilotlarda ma’no topadigan odamsiz. Hayotni baland ovozda yashash shart emas deb bilasiz. Siz uchun ichki sokin ovozlar, ichki uyg‘unlik muhim. Ko‘pchilik sizga ortiqchadek tuyuladi. Sizga oz, lekin haqiqiy insoniy bog‘lanishlar yetarli. Siz hayotni tashqaridan emas, yuragingizning tub-tubidan his qilib yashaysiz.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *