Ertalab uyg‘onganingizda qiladigan birinchi ishingiz nima?

Musiqa qo‘yaman
Oynaga qarayman
Meditatsiya qilaman
Kundalik rejalarimni tuzaman
Eng ko‘p qaysi ijtimoiy tarmoqda faolsiz?

TikTok
YouTube
Telegram
Qaysi sifat sizning xarakteringizni to‘liq aks ettiradi?

Hazilkash
Go‘zallikni sevuvchi
Sokin va chuqur fikrlovchi
Mehnatkash va intizomli
Agar bitta konsertga borish imkoniyatingiz bo‘lsa, qaysi san’atkorni tanlaysiz?

Shahzoda
Yulduz Usmonova
Sevara Nazarxon
Ulug‘bek Rahmatullayev
Quyidagilardan qaysi biri sizni ko‘proq o‘ziga jalb qiladi?

Raqsga tushish
Suratga tushirish
She’r yoki matn yozish
Loyiha ishlab chiqish
Qaysi turdagi kontentlarni tomosha qilishni yoqtirasiz?

Ko‘ngilochar videolar
Moda va uslub
Musiqa hujjatli filmlari
Ilhomlantiruvchi nutqlar va tadbirkorlik
Dam olish kunini qanday o‘tkazishni xohlaysiz?

Tashqarida do‘stlarim davrasida
Savdo markazida xaridlar qilib
Tabiat qo‘ynida yoki xotirjamlikda
O‘qib yoki ishlab
Sizni nima ko‘pruq ruhlantiradi?

Layklar va izohlar
Chiroyli ko‘rinish va e’tibor tortish
Ichki xotirjamlik va ijod
Maqsadimga yetish
Agar mashhur o‘zbek san’atkori bilan tanishish imkoniyatingiz bo‘lsa qaysi birini tanlardingiz?

Ziyoda
Rayhon
Sevara Nazarxon
Munisa Rizayeva
Agar siz kitob yozsangiz u qaysi yo‘nalishda bo‘lardi?

Hazil-mutoyiba
Moda va turmush tarzi
She’riyat
Shaxsiy rivojlanish

Ziyoda
Siz quvnoq, jozibali va ijodkor shaxs egasisiz. Har qanday jamoadagi diqqat markazida bo‘lish sizga begona emas. Ruhingiz Ziyodaning yorqin sahna energiyasi bilan juda hamohang.

Rayhon
Siz nafislikni sevuvchi, estetik qarashlarga ega insonsiz. Har bir harakatingizda did va noziklik bor.

Sevara Nazarxon
Siz chuqur o‘ylaydigan, yurakdan ijod qiladigan va o‘z yo‘lida mustaqil harakat qiladigan insonsiz. Sevaraning nafis musiqiy olami sizning ichki dunyongiz bilan uyg‘un.

Munisa Rizayeva
Siz qat’iyatli, mehnatkash va o‘z maqsadiga dadil qadamlar bilan yuradigan shaxssiz. Siz uchun sahna orzu emas, yillik tirishqoqlik mevasidir.