34 yoshli mashhur rus blogeri va teleboshlovchisi Nastya Ivleyeva bu safar butunlay boshqacha loyiha bilan yana diqqat markazida! Ivleyeva hozirda “Chegerya” deb nomlangan yangi realiti-shou suratga olish ishlari bilan band. Dastur shahardan olis bir maskanda haqiqiy qishloq hayotini tomoshabinlarga namoyish etadi. Eng qiziq tomoni shundaki, Nastya bu hayotni faqat kamera oldida emas, kameralar o‘chgandan keyin ham davom etishini aytmoqda.

Nastya yangi loyihasidan kichik sirlarni ochib bergan postida gulli yozgi ko‘ylaklar, an’anaviy ro‘mollar va kovboy qiz kostyumlarida tushgan suratlarini joyladi. Bu rang-barang kiyimlar “Chegerya” lohiyasida foydalanilgan obrazlar.
Ivleyeva postiga shunday yozgan:
“Chegerya uchun kostyumlarni sinovdan o‘tkazdik. Shou hali efirga uzatilgani yo‘q (lekin juda tez orada chiqadi). Shu orada qishloq hayotimizning qanchalik serharakat ekanini ham aytib o‘tmoqchi edim.”
📸 Nastya ta’kidlashicha, bu obrazlar faqat televizor ekranida namoyish etish uchun uyushtirilgan spektakl emas. Taniqli blogerning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish guruhi ketganidan keyin ham ular qishloqdagi ishlarini to‘xtatmaydi:
“Kameralar o‘chgandan keyin ham yer haydaymiz, sigir sog‘amiz, og‘ilxona tozalaymiz, sabzavotlardan har xil konservalar tayyorlaymiz. Bu shunchaki ko‘rsatuv emas— bu bizning haqiqiy hayotimiz.”

Bu izohlar Nastya Ivleyevaning ko‘pchilikka tanish bo‘lgan shaharlik, lyuks va yaltir-yultir ko‘rinishidan butunlay o‘zgacha oddiy, mehnatkash va soddadil tomonini ko‘rsatib berdi. Bu rostgo‘y va filtrlarsiz postlar muxlislarning ham qiziqishini uyg‘otdi. “Chegerya” esa allaqachon intiqlik bilan kutilayotgan ko‘rsatuvlar ro‘yxatiga kirib ulgurgan.
✨ Sizningcha, Nastyaning qishloqqa qaytishi haqiqatmi yoki shunchaki yangi imij yaratish uchunmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!