Madaniyat va dam olishUmumiy

Raqamli Dardlashuv: Sun’iy intellekt bizga haqiqatan foydalimi?

Bugun yolg‘izlik endi ichimizdagina yashaydigan hissiyot emas. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, bu zamonamizning eng katta muammolaridan biriga aylanib ulgurgan. Gaplashadigan odamlarimiz kamayib bormoqda, ko‘p hollarda esa dardimizni bir sun’iy intellekt eshitadi. Ayblanish qo‘rquvi ham, rad etilish tuyg‘usi ham yo‘q — quloqqa yoqimli eshitiladi. Ammo bu qulaylik doimo foydalimi?

Sun’iy intellekt bizni eshitishi, hissiyotlarimizni tushunishi mumkindek tuyuladi. Ammo do‘stimizning yonimizda jimgina bo‘lsa ham o‘tirishi, ko‘z qarashlari yoki yelkamizga qo‘yilgan qo‘lning chin mehrini bera olmaydi. Chunki mehr faqat insonlarda bo‘ladi, xolos.

Tadqiqotlarga ko‘ra, sun’iy intellekt bilan gaplashish qisqa vaqt ichida taskin berayotgandek bo‘lib tuyulsa ham, uzoq vaqt davomida ijtimoiy aloqalarni susaytirishi mumkin. Chunki gapirish va sizni rostdan ham tushunishlari bir xil narsa emas.

Haqiqiy aloqa — past-balandliklari, nozikligi va mas’uliyatlari bilan birga keladi. Hech qachon sizni ranjitmaydigan narsa rostdan ham sizga baxt bera oladimi?

Sun’iy intellekt — yaxshi vosita bo‘lishi mumkin. Lekin dardimizni ko‘taradigan, bizni haqiqatan davolaydigan — baribir insonning o‘zi. Balki eng to‘g‘risi, ba’zan telefonimizning ekranini o‘chirib, biror do‘stimizga oddiygina “Qalaysan?” deb so‘rashdir.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *