Yangi bir inson bilan tanishganingizda, birinchi yozgan xabaringiz qanday bo‘ladi?

“Bilmayman nega, lekin sizni juda yaqin his qildim.”
“Salom.” (davomi 3 kundan keyin keladi)
“Agar uchrashmasangiz, buni hazil deb o‘ylayman 🙂”
“Assalomu alaykum, umid qilamanki, sizni bezovta qilmayapman…”
Yoqtirgan insoningiz “istoriya” joyladi. Siz nima qilasiz?

Darrov javob yozasiz: “Voyyy, bu qanchalik shirin???”
Ko‘rasiz, chiqib ketasiz. 8 soatdan keyin qaytib kirib yana ko‘rasiz.
“Ana endi aytingchi, filtrsiz ham shunaqa chiroylimisiz?”
Jimgina yurakchani bosasiz… faqat qalbingizdan.
Birinchi uchrashuvda eng ko‘p qiladigan ishingiz nima?

Kelajak rejalarimiz haqida gapiraman. “Italiyaga ko‘chib o‘tsak-chi?”
Savollarga qisqa javob beraman. Sirli bo‘lay deb, muloqotni to‘xtatib qo‘yaman.
Hatto ofitsiantga ham hazil qilaman. Tinimsiz kulaman.
Doim qarshimdagining gaplarini eshitaman, o‘zimni unutib qo‘yaman.
Xabaringizga javob kelmadi. Nimani his qilasiz?

“Demak, men bir tarafli xayol quribman…”
“Baribir men ham unchalik qiziqmagandim…” (lekin ichimdan butunlay cho‘kaman)
“Agar signal bo‘lmasa, samolyot qayerga qo‘nsin?” deb yozgim keladi.
“Albatta, u band… Men bezovta qilgandirman deb o‘ylayman.”
Ishqiy munosabatda ko‘proq nimani oshirib yuborasiz?

Jiddiylikni. Endigina bir hafta o‘tmay: “Bizni oramizdagi munosabat qanday?” deb so‘rayman.
O‘zimni tanishtirishni kechiktiraman. Hislarimni orqaga suraveraman.
Hammasini hazilga olaman. Hatto his-tuyg‘ularimni ham.
Qarshi tomonning ko‘nglini olishga haddan tashqari harakat qilaman.
Gaplashayotgan insoningiz sizni tushunmayotgandek tuyulsa, nima qilasiz?

“Men ortiqchadek tuyulyapman shekilli…”
O‘zimni yanada orqaga tortaman va ichimga yutaman.
Javob o‘rniga kulgili bir GIF yuboraman.
“Ha, to‘g‘ri, men o‘zimni yaxshi tushuntira olmadim, uzr.”
Gaplashayotgan insoningiz bilan yashagan eng odatiy, hammaga tanish vaziyatingizni tanlang…

Ko‘nglimdan joy olib, har bir qo‘shiqda faqat uni eslash.
Shunchaki “sovuqqon” ko‘rinish uchun xabarga 1 soat kech javob berish.
Tanishish o‘rniga deyarli stand-up chiqish qilish.
“Muammo menda” deb aytib, lekin hech narsa tushuntirmasdan asta uzoqlashish.
Gaplashayotgan insoningiz sizni maqtasa, nima deysiz?

“Siz ham juda noyobsiz… Buni chin dildan his qilyapman.”
“Hmm.” (shunchaki qisqa javob)
“Nima kerak, ayting to‘g‘risi.”
“Ey yo‘q, iltimos, bo‘rttirmang.”
Yoqtirgan insoningiz boshqasi bilan sevishmoqda. Sizning munosabatingiz qanday bo‘ladi?

Quyosh botgan paytda xafa bo‘lib, yolg‘iz yurishga chiqaman…
“Baribir hech kim meni tushunmaydi,” deb devorga tikilib o‘tiraman.
“Istoriya”lariga “baraka topinglar” deb yozaman va o‘zimni holimga kulaman.
Hech narsa qilmayman. Ichimdan juda xafa bo‘laman.
Tanishuv jarayonida eng kuchli jihatingiz qaysi?

His-tuyg‘ularimni ochiq va aniq ifoda qilish
Qiziqish uyg‘otish, o‘zimga jalb qilish
Hammani kuldirish, muhitni yengillashtirish
Qarshi tomonning holatini nozik tushunish

Kirishuvchan: “Endi tanishdik lekin men allaqachon ichimda siz bilan kelajakni ko‘ryapman”
Siz tuyg‘ularingizni ichingizda saqlay olmaydigan, juda tez bog‘lanadigan odamlardansiz. Tanishuv jarayoni siz uchun ko‘pincha jiddiy va yurakdan his etiladigan bir bosqichga aylanishi mumkin. Qarshi tomon hali “bir-birimizni yaxshiroq tanishaylik” holatida bo‘lganida, siz allaqachon “birinchi bor qaysi davlatga birga boramiz?” kabi rejalarga o‘tib ketgan bo‘lasiz.
Bu kuchli hislar qalbingizdan chiqayotgani rost. Ammo hamma ham siz kabi tez va chuqur his eta olmaydi. Biroz sekinlashish, his-tuyg‘ularga vaqt berish va qarshingizdagini ham eshitish sizga foyda beradi. Unutmang: ba’zi gullar faqat sabr bilan ochadi.

Yechilmas Sir: “Aslida o‘zim ham nimani o‘ylayotganimni aniq bilmayman”
Siz tanishuvda sovuq yoki befarq emassiz — faqat tushunish siz uchun vaqt va ishonch talab qiladi. His-tuyg‘ularingizni birdaniga ochmasligingiz, ba’zida o‘zingizni “ko‘proq nazokatli” tutishingiz yoki ichki xavfsizlik istagingiz sizni biroz sirli qiladi va aynan shu sirli holatingiz ko‘pchilikni o‘ziga tortadi. Lekin unutmaslik kerakki, sir ortida yashirinib yurish ba’zida qarshi tomonda chalkashlik uyg‘otadi. U sizni tushunishga harakat qiladi, lekin siz jim tursangiz — bu yo‘l oson bo‘lmaydi. Haqiqiy aloqa — o‘zingizni ko‘rsatishdan cho‘chimagan paytda boshlanadi. Faqatgina “qiziq tuyilish” uchun sokin qolish — yuragingizdagi hislarga soya solmasin.

Juda ham hazilkash: “Hazil qilmasam, o‘zimni yo‘qotaman”
Siz bilan tanishgan inson avval kuladi. Keyin yana kuladi. Yana… Lekin bir vaqt keladi: “U aslida ichida nima his qilyapti o‘zi?” degan savol tug‘iladi. Hazil siz uchun nafaqat qurol, balki qalqon ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Siz odamlarni xursand qilishni, havo yengil bo‘lishini yaxshi ko‘rasiz. Lekin esda tuting: har doim kulgi ortiga yashirinish, yuragingizni uzoqlashtirishi mumkin. Ba’zan, shu devorni biroz ochib ko‘ring. Oddiy, samimiy bir “men aslida bundayman” degan so‘z, eng yaxshi hazilingizdan ham ko‘proq ta’sir qilishi mumkin. Siz hazil bilan sevimlisiz — lekin yuragingiz bilan yanada unutilmas bo‘lasiz.

O‘zini ikkinchi planga qo‘yuvchi: “U baxtli bo‘lsa bas…”
Siz sevganingizda, butun qalbingiz bilan sevasiz. Hatto ba’zida o‘zingizni unutib qo‘ygancha… Qarshi tomonni quvontirish, unga yoqimli bo‘lish siz uchun ustuvor bo‘lib qoladi. Bu sizni juda mehribon va fidokor inson qiladi — lekin ba’zida siz o‘zingizni ko‘rinmas holga keltirib qo‘yishingiz mumkin. Lekin unutmang: sizning ham his-tuyg‘ularingiz, istaklaringiz va chegaralaringiz bor. Faqat sevish emas, ko‘rilish, eshitilish ham sizning haqqingiz. Tanishuv bu musobaqa emas, bu ikki qalbning raqsi va bu raqsda siz faqat izidan yuradigan emas, yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga ham loyiqsiz. Yuragingiz yumshoq lekin ovozingiz ham kuchli bo‘lishi kerak va bu ikkalasi birga chiroyli bo‘ladi.