
Qo‘y burji
Buzoq burji
Egizaklar burji
Qisqichbaqa burji
Arslon burji
Sumbula burji
Tarozi burji
Chayon burji
O‘qotar burji
Tog‘ echkisi burji
Qovg‘a burji
Baliq burji

Ametist
Qo‘y burji odatda olovdek jo‘shqin, quvvatga to‘la va ba’zan o‘ta shoshqaloq bo‘lishi mumkin. Ametist esa miyani tinchlantiradi, hissiyotlarni munozanatga keltiradi. Qo‘y burjining ortiqcha energiyasini foydali ishlar uchun yo‘naltirishga yordam beradi.

Zumrad
Buzoq burji go‘zallikni, qulaylikni va xavfsizlikni yaxshi ko‘radi. Zumrad toshi esa osoyishtalik, baraka va muhabbat olib keladi. U Buzoqning tug‘ma estetik didi va sadoqat izlash xususiyatiga juda ham mos keladi.

Akvamarin
Egizaklar burji tez fikrlaydi va muloqot qilishga qiziqadi. Akvamarin esa unga aniqlik, o‘z fikrini erkin ifodalash va aqliy muvozanat beradi. Bu tosh Egizaklar burjining ikkilanib qolishlarini bartaraf etishda ham samarali hisoblanadi.

Oy toshi
Oy toshi hissiyotlarga boy. Qisqichbaqa burji uchun ichki xotirjamlikni saqlash va sezish qobiliyatini oshirishda ideal tosh hisoblanadi. Shu bilan birga, u himoya vazifasini ham bajaradi.

Sitrin
Sitrin Arslon burjining tug‘ma porloqligini yanada kuchaytiradi. Bu tosh o‘ziga ishonchni oshiradi, ijodkorlikni rag‘batlantiradi va muvaffaqiyat olib keladi. Haqiqiy “yashnash va ilhom beruvchi” tosh hisoblanadi.

Amazonit
Mukammallikni sevuvchi va doimo fikrlarga to‘la Parizod burji uchun amazonit tinchlik va muvozanat beradi. U xavotirni va ichki tanqidni kamaytirishiga yordam beradi.

Lazurit toshi
Lazurit toshi – adolat va muvozanat izlaydigan Tarozi burji uchun muloqotni kuchaytiradi va ichki donolikni oshiradi. Bu tosh Tarozi burjining go‘zallikni qadrlash hissi bilan ham mukammal mos tushadi.

Obsidian
Chuqur, sirli va kuchli his-tuyg‘ularga ega Chayon burji uchun obsidian kuchli himoya toshi sanaladi. U salbiy energiyani o‘ziga tortib oladi va ruhiy o‘zgarish hamda o‘zini anglash jarayonida yordam beradi.

Feruza
Sarguzashtni sevuvchi O‘qotar burji uchun feruza toshi ham ruhiy, ham jismoniy himoya beradi. Sayohatlar paytida omad olib keladi. Shuningdek, muloqotni osonlashtiradi va ichki xotirjamlikni oshiradi.

Gematit
Tog‘ echkisi burjining qat’iyati va mehnatsevarligiga mos tushadigan gematit toshi yer bilan bog‘lovchi, barqarorlik beruvchi tosh hisoblanadi. U stressni kamaytiradi, diqqatni jamlashga va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Florit
Zehni doimo faol va yangilikka ochiq Qovg‘a burji uchun florit diqqatni jamlashga yordam beradi. Shu bilan birga, sezgish qobiliyatini oshiradi va ongdagi chalkashlikni tartibga soladi.

Labradorit
Tasavvuri kuchli Baliq burji uchun labradorit kuchli sezgi toshi hisoblanadi. U ruhiy bog‘lanishlarni mustahkamlaydi va energiyani himoya qiladi. Baliq burji vakillari ba’zan o‘z olamiga berilib ketgan paytda, labradorit toshi ularga ruhiy qalqon bo‘lib xizmat qiladi.