Saroyga qadam qo‘ydingiz, nimalarni his qilasiz?

Hayajon va qo‘rquvni his qilaman.
Maqsadimga bir qadam yaqinlashdim deb o‘ylayman.
Endi mendan ehtiyot bo‘lishsin.
Ovozimni chiqarmayman lekin hamma narsani kuzataman.
Kuchingizdan qanday foydalanasiz?

Zarurat bo‘lsa sokin lekin qat’iyat bilan.
Yaxshilik va yordam berish uchun.
Strategik rejalar asosida
O‘zimni ko‘rsatish, e’tiborni tortish uchun foydalanaman
Sulton Sulaymonning nigohi sizga tushdi. Qanday yo‘l tutasiz?

Ko‘zlariga boqib muloyim jilmayib qo‘yaman
Sukut saqlayman ammo unutilmas taassurot qoldiraman
Ortga chekinaman lekin qiziqishini uyg‘otaman
Jur’at bilan gapirishni boshlayman
Eng kuchli qurolingiz nima?

Qalbim va samimiyligim
Go‘zalligim va o‘zimga bo‘lgan ishonchim
Aqlim va sabrim
Sezish va tahlil qilish qobiliyatim

Kim tarqatgan bo‘lsa undan bir qadam oldinga o‘tib ketaman
Darrov o‘rganib, atrofimdagilar bilan bo‘lishaman.
Indamay ma’lumot yig‘aman va keyinchalik foydalanaman
Betaraf bo‘laman va aralashmayman
Sizga kimdir xiyonat qildi, qanday munosabat bildirasiz?

Rejamni tayyorlab qo‘yaman vaqti kelganda albatta o‘chimni olaman
Darhol yuziga aytaman.
Kechirishga harakat qilaman lekin unutmayman.
So‘zsiz, sezdirmay ammo og‘ir zarba bilan qasos olaman.
Qaysi rang sizning asl tabiatizni aks ettiradi?

Oq — Beg‘ubor va mehrga to‘la
To‘q qizil — Kuchli va ehtirosga to‘la
Oltin — Hashamat va yorqinlik
Qora — Sirli va chuqur dunyoqarashga ega
Saroyda biror vazifa tanlash imkoningiz bo‘lsa, qaysisini tanlardingiz?

Bemorlarga yordam berish
Sultonga maslahatchi bo‘lish
Bazmlar va san’at bilan shug‘ullanish
Xazina yoki hujjatlarni saqlash

Sadoqat va aql bilan uyg‘unlashgan mustahkam juftlik
Qalblarning bir-biriga bog‘lanib, sof tuyg‘ularni ulashishi
Insonni o‘zgartiradigan chuqur tajriba
Ehtiros, hayajon va jo‘shqinlik
Tunlari yolg‘iz qolganingizda ko‘proq nimani o‘ylaysiz?

Yaqinlarim omon-esonmi?
Hamma meni sodda deb o‘ylaydi lekin bu xato!
Ertaga qaysi rejamni amalga oshirsam ekan?
Bugun meni kim rashk qildikin?

Mohidavron: Qalbdan yaxshi ko‘radigan, sadoqatli
Siz sadoqatingiz va sof muhabbatingiz bilan boshqalardan ajralib turasiz. Ba’zida his-tuyg‘ularingiz tufayli qiynalsangiz ham qalbingizning pokligi bilan atrofingizdagilarga nur ulashasiz. Sizni mensimaganlar esa oxir-oqibat bundan afsuslanadi.

Xurram sulton: Aql-zakovati bilan taxt qurgan ayol
Siz o‘ylab ish tutasiz, sabrli va qat’iyatlisiz. Ko‘zingizni hech qachon maqsadingizdan uzmaysiz. Vaqti kelganda hamma sizning naqadar aqlli va o‘ylab qadam tashlaganingizni tushunib yetadi. Sizning kuchingiz qalbingizdan jo‘sh urib chiqadi.

Nigor Kalfa: Nozik, hissiyotli, aqlli
Sizni odamlar ko‘pincha faqat muloyim deb o‘ylashadi ammo aslida sizning ichingizda katta iroda va zukkolik yashiringan. Siz yuragingiz bilan harakat qilasiz ammo zarurat bo‘lsa, mustahkam turishni ham juda yaxshi bilasiz. Siz –muvozanatni yaxshi ushlaydigan insonsiz.

Volida sulton: Sukunat ortidagi qudrat egasi
Siz hamisha hammadan oldin har narsani sezadigan va jim turib katta o‘yinni kuzata oladigan kuchli ruhiyatga egasiz. Kam gapirasiz, ko‘p kuzatasiz. Ammo kerak bo‘lganda bitta so‘zingiz bilan hamma narsani o‘zgartira olasiz. Hurmat va izzat siz bilan hamisha birgadir.