Umumiy

Bergan qarorlaringizga qarab bog‘lanish uslubingizni bilib oling!

Ishqiy munosabatda uzoqlashsa qochasizmi yoki vahimaga tushib yanada yaqinlashasizmi?
Ushbu test qaror qabul qilish paytidagi reaksiyalaringizga qarab haqiqiy bog‘lanish uslubingizni aniqlab beradi.
Agar tayyor bo‘lsangiz, his-tuyg‘ularingizni birgalikda aniqlaymiz qani ketdik!

Yaqin do‘stingiz sizdan yordam so‘rayapti lekin siz ham bandsiz. Nima qilasiz?

O‘z ishlarimni biroz kechiktiraman, qo‘limdan kelgancha yordam beraman.

Yordam berishni xohlayman lekin uzoqroq turaman.

Yordam bermasam meni yoqtirmay qo‘yadi deb xavotirlanaman.

Nima qilishimni bilmayman, vahimaga tushaman.

Yangi ishqiy munosabatni boshlaganingizda birinchi his-tuyg‘ungiz qanday bo‘ladi?

Hayajon bilan birga ishonchni ham his qilaman

Yaqinlik meni qo‘rqitadi, orqaga chekinaman.

Doim tashlab ketilishdan qo‘rqib yashayman.

Juda xohlayman lekin qo‘rqaman.

Kimdir sizni tanqid qilsa, o‘zingizni qanday his qilasiz?

Foydali bo‘lsa qabul qilaman bo‘lmasa e’tibor bermayman

E’tibor bermaganday bo‘laman lekin ich-ichimda asta-sekin uzoqlashaman

Darrov o‘zimni ojiz va yetarli emasdek his qilib vahimaga tushaman

Qanday his qilishni bilmayman ichimda chalkashlik bo‘ladi

O‘zingizga qanday ta’rif berasiz?

His-tuyg‘ularimni tanib bemalol ifodalay olaman

His-tuyg‘ularimni yashiraman boshqalar bilan bo‘lishmayman

His-tuyg‘ularimni juda kuchli his qilaman, oson ranjiman.

His-tuyg‘ularim barqaror emas va tez-tez o‘zgaradi.

Yaqin odamingiz bilan janjallashganda reaksiyangiz qanday bo‘ladi?

Xotirjam bo‘lishga va his-tuyg‘ularimni tushuntirishga harakat qilaman.

Uzoqlashishni xohlayman.

Mmeni tashlab ketadi deb qo‘rqaman.

Ham baqirgim ham qochgim keladi.

Juftingiz biroz masofa kerakligini aytsa, reaksiyangiz qanday?

Tushunaman, hammamizda bunaqa holatlar bo‘ladi

Darrov ortga chekinaman.

Endi meni xohlamayapti deb o‘ylayman.

Avval tushunaman keyin esa jahlim chiqadi.

Kimgadir o‘rganib qolsangiz nima qilasiz?

O‘zaro ishonch qurishga harakat qilaman.

Bog‘lanib qolganimni sezsam darrov ortga chekinaman.

U odam uzoqlashsa o‘zimni yomon his qilaman.

Juda qattiq bog‘lanaman lekin keyin o‘zimni beqaror tutaman.

Bolalik davridagi munosabatlaringizni eslaganingizda nimalarni eslaysiz?

Mehr va ishonch ichida o‘zimni yaxshi his qilardim.

Odatda odamlar bilan masofali edim.

Doim tasdiq va mehr izlar edim.

Mehr bilan birga qo‘rquv ham bor edi.

O‘zingizni sevilishga loyiq inson deb bilasizmi?

Ha, qanday bo‘lsam shunday qadrliman.

Sevilsam ham buni menga bildirishmasligini xohlayman.

Sevgiga loyiq bo‘lish kerak deb o‘ylayman.

Ba’zan o‘zimni qadrli, ba’zan esa qadrsizdek his qilaman.

Munosabatlarda sizni eng ko‘p qiynaydigan masala qaysi?

Ochiq gaplashish va his-tuyg‘ularni muvozanatda ushlab turish.

His-tuyg‘ularni bo‘lishib, yaqinlik o‘rnatish.

Tashlab ketilishdan qo‘rqib yashash.

To‘liq ishonch topish va barqarorlikni saqlash.

Sog‘lom (ishonchli) bog‘lanish

Siz munosabatlarda hissiy muvozanatni saqlay oladigan, ehtiyojlaringizni ochiq ayta oladigan insonsiz.
Yaqinlik sizni qo‘rqitmaydi. Bog‘lanish SIz uchun tabiiy, xavfsiz va mehrga to‘la holatdir.

Qochuvchi tipdagi bog‘lanish

Siz uchun hissiy masofani saqlash, o‘zingizni himoya qilishning bir yo‘li.
Bog‘lanish sizni biroz xavotirga solishi mumkin lekin bu sizni yomon insonsiz degani emas. Siz shunchaki chegaralaringizni himoyalashni afzal ko‘rasiz xolos.

Havotirli tipdagi bog‘lanish

Siz uchun bog‘lanish juda muhim ammo rad etilish yoki tashlab ketilish qo‘rquvi sizni doimo ta’qib qiladi.
Siz doim tasdiqlanishingiz, muhabbatini kafolatlashga urinishingiz mumkin.

Tartibsiz bog‘lanish

Siz bir paytning o‘zida ham bog‘lanishni istaysiz ham bundan qo‘rqasiz.
His-tuyg‘ularingiz ba’zan qarama-qarshi, notinch yoki haddan tashqari kuchli bo‘lishi mumkin. Munosabatlarda aniq chegaralar va barqarorlik siz uchun eng katta ehtiyoj hisoblanadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *