“Siz hamma narsani oson qabul qilasiz.”
“Bularni barchasini hayol suryapsiz”
“Yo‘q, bu darajada ham emas edi!”
Agar bunday jumlalarni tez-tez eshitayotgan bo‘lsangiz va vaqt o‘tishi bilan o‘z hislaringizdan, xotirangizdan, hatto aql salomatligingizdan shubhalana boshlagan bo‘lsangiz, bexosdan “gazlayting” deb ataladigan psixologik manipulyatsiyaga uchragan bo‘lishingiz mumkin. Bu manipulyatsiya shakli, insonning eng asosiy ehtiyoji bo‘lgan haqiqatni anglash va ichki ishonch tuyg‘usini qo‘lga olishni maqsad qiladi.
Gazlayting Nima?
Gazlayting – bir kishini boshqa bir kishiga tizimli ravishda o‘z tushunchalaridan, his-tuyg‘ularidan va xotiralaridan shubhalanishga majbur qilishidir. Bu so‘z 1944-yilda suratga olingan Gas Light nomli filmga asoslangan. Filmda bir odam uyda gaz lampalarining yorug‘ligini kamaytiradi, lekin buni inkor etadi. Xotini, vaqt o‘tishi bilan o‘z tushunchalariga ishonmaslikni boshlaydi va aql salomatligidan shubhalana boshlaydi. Bugungi kunda, “gazlayting” so‘zi shunga o‘xshash insonning haqiqatini sarson qilishga qaratilgan manipulyativ xatti-harakatlar uchun ishlatiladi.

Xo‘sh, nega bu qadar ta’sirli?
Gazlayting odatda makkorona va kichik qadamlar bilan boshlanadi. Birinchi bosqichda “Men bunday narsani aytmadim” kabi ma’sum ko‘rinadigan jumlalar bilan… Ammo bu takrorlanganda inson o‘z xotirasini, his-tuyg‘ularini va qarorlarini qayta tekshirishni boshlaydi. Vaqt o‘tishi bilan “Balki men mubolag‘a qilayotgandirman?” degan fikr kela boshlaydi. Nihoyat inson uzr so‘raydigan, o‘zini bostiradigan, ta’sirchan odamga aylanib qoladi.
Tadqiqotlar, gazlaytingga duch kelgan shaxslarda ko‘proq tashvish, ruhiy tushkinlik va o‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmat pasayishi kuzatiladi.
Qayerlarda uchraydi?
Gaslighting faqat romantik munosabatlarda emas, hayotning ko‘plab sohalarida uchrashi mumkin:
🔹 Romantik munosabatlarda: Hamrohning doimiy ravishda “Sen noto‘g‘ri eslayapsan.” deb aytishi, tushuncha kamsitilishiga olib kelishi mumkin.
🔹 Oila munosabatlarida: Ayniqsa bolalikda ota-onalarning “Juda ortiqcha gapiryapsan” kabi reaksiyalari bolaning his-tuyg‘ularini bostirishiga sabab bo‘lishi mumkin.
🔹 Ish joyida: Yuqori lavozimdagi shaxslarning xodimlarning malakasini shubha ostiga olishlari yoki ularni kamsitishlari ham bir turdagi gaslighting hisoblanadi.
🔹 Sog‘liq tizimida: Ayniqsa ayollarning yoki surunkali kasallarning shikoyatlarini e’tiborga olinmasligi, “tibbiy gaslighting” deb ataladi.
Xulosa: Haqiqat o‘zingizda
“Gaslighting”ning eng kuchli ta’siri, insonning o‘z tushunchalariga bo‘lgan ishonchini parchalashidir.
Ammo unutmang:
Hislaringiz haqiqiy. Xotirangiz qadrli. Tushunchalaringiz sizga tegishli.
Boshqa bir inson bularni inkor qilishi bilan yo‘q bo‘lib qolmaydi.
Agar bu satrlarda o‘zingdan biror narsa topgan bo‘lsangiz, yolg‘iz emassiz. Tushuntirib berish, baham ko‘rish va yordam olish, bu jimgina manipulyatsiyaga qarshi eng kuchli quroldir.