Har bir munosabatda sizning ochiq tomoningiz ham, yashirin tomoningiz ham bo‘ladi.
Ba’zida rashkchi, ba’zida boshqalarni o‘z foydangizga yo‘naltiruvchi, ba’zan butunlay taslim bo‘lgan, ba’zan esa qochishga tayyorsiz.
Bu test sizga eng chuqur, eng rostgo‘y munosabatdagi sirli tarafingizni ko‘rsatadi.
Agar tayyor bo‘lsangiz haqiqiy javoblar bilan yuzlashish vaqti keldi ⛓️
Juftingiz telefon parolini sizga bermayapti. Sizning reaksiyangiz qanday bo‘ladi?

Hurmat qilaman, hammaning shaxsiy hududi bo‘lishi kerak.
Biroz ranjishim mumkin lekin hechnima demayman.
Shubhalanaman nimadir yashirayotgandek tuyuladi.
Biror yo‘lini topib baribir bilib olaman.
Juftingiz ijtimoiy tarmoqda sobiq sevgilisining rasmiga “layk” bosdi. Siz nima qilasiz?

E’tibor bermayman.
Bilinar-bilinmas achchiq gaplar gapiraman.
Uni obunachilarim qatoridan chiqaraman
Uni qilgan ishini men ham qilaman.
U sizni e’tiborsiz qoldirsa birinchi reaksiyangiz qanday bo‘ladi?

Ochig‘ini aytib, yuzma-yuz gaplashaman.
Sovuq munosabatda bo‘laman.
Uni jazolayotgandek munosabat qilaman.
Ich-ichimdan ezilaman lekin hech kimga bildirmayman.
Juftingiz sizdan uzoqlashishni boshlasa, o‘zingizni qanday his qilasiz?

Ortiqcha gapirmasdan sababini so‘rayman
Qalbim yomon og‘ridi
Uni ayblashni boshlayman
Uni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun hamma narsa qilaman
O‘z tuyg‘ularingizni ko‘pincha qachon yashirasiz?

Janjal chiqmasin deb saqlayman
Qarshimdagi inson xafa bo‘lmasin deb
Ojiz ko‘rinmaslik uchun
Nazoratni qo‘limga olish uchun
Birga bo‘lgan paytingizda sizga yoqmagan gap aytdi. Reaksiyangiz?

Xafa bo‘lganimni aytaman
Ichimda saqlayman, unutolmayman
Kerakli javobni oladi
O‘sha paytda hech nima demayman lekin unutmayman ham
Juftingizning xatti-harakatlarini qanday analiz qilasiz?

Boricha qabul qilaman
Barcha mayda narsalargacha ahamiyat beraman
“Bu gapda boshqa gap bor” deb qidirishga tushaman
Jimgina kuzataman
Juftingiz bilan o‘rtangizdagi ishonchga putur yetdi. Nima qilasiz?

Gaplashib, yechimini izlayman
Ozgina vaqtga undan ko‘nglim qoladi va biroz vaqt berishini so‘rayman
Ishonchimni suiiste’mol qilsa, men ham huddi shunday qilaman
Hech nima demay uzoqlashaman lekin yonimga kelishini xohlayman
Ishqiy munosabatlarda nazorat sizning qo‘lingizda bo‘lmasa…

Muammo emas asosiysi o‘zaro tenglik bo‘lsin
Ich-ichimdan qiynalaman lekin bildirmayman
Balansni ushlash uchun hamma narsa qilaman
Hech qachon nazoratni yo‘qotmayman
Rostdan sevib qolsangiz qanday ahvolga tushasız?

Balansni ushlab to‘g‘riso‘z bo‘laman
Judayam sezgir bo‘lib qolaman
Hissiyotlari bilan o‘ynashishim mumkin
Butunlay taslim bo‘lib, o‘zimni ham himoya qilmayman

A varianti ko‘p bo‘lsa: Donolik
Sizda ishqiy munosabatlarda anglash darajasi yuqori, ochiq gaplashishni yaxshi ko‘radigan, lekin o‘z chegaralariga ham sodiq insonsiz.
Ba’zida juda “tushunadigan” odam bo‘lib, o‘z ehtiyojlaringizni unutib qo‘yish kabi qorong‘u taraflaringiz bor.
Ko‘rinmaydigan fidokorlik esa sizni asta-sekin ichdan yemirishi mumkin.

🦂 B varianti ko‘p bo‘lsa: Emotsional himoyachi
Siz sevgi va mehrga juda ochiqsiz ammo jarohat olishdan qo‘rqqaningiz uchun yuragingizda qalin bir zirh bor.
Ichingizda juda ko‘p narsani his qilib lekin hech birini ko‘rsatmaslik kabi qorong‘u taraflaringiz bor.
Bir kuni portlashingiz mumkin ammo yuz bersa juda vayronkor bo‘lishi mumkin.

C varianti ko‘p bo‘lsa: Boshqaruv ustasi
Siz munosabatni boshqarishni, chegaralarni belgilab beruvchi bo‘lishni xohlaysiz.
Nazoratni yo‘qotayotganingizni his qilganingizda rashk, manipulyatsiya qilish kabi qorong‘u taraflaringiz bor.
