Blog

Kalmar O‘yinlari – Squid Game 3-mavsumi: Katta finalmi, zayif aks sadomi?

2021-yilda butun dunyo bo‘ylab fenomenga aylangan Kalmar O‘yinlari-Squid Game, 1-mavsumida nafaqat bir serial, balki madaniy tanqid vositasi bo‘lib xizmat qilgan edi. Kapitalistik tartibning shaxsga bo‘lgan bosimini ajabtovur shaklda taqdim etgan ushbu asar, kuchli metaforalari va qahramonlari bilan tomoshabinlarni ekranga qamrab olgandi.

Ammo 3-mavsumga kelganda…

O‘zgacha bo‘lish qayerda? O‘zgacha ta’sir, o‘sha “tarsaki ta’siri” nega shunchalik tushub ketdi?

“Boshlanishning kuchliligi, finalning zaifligi”

Birinchi mavsumning muvaffaqiyati kutilmagan omil, mavzuviy ta’sir va hikoya soddaligi tufayli qurilgan edi. Bir guruh qarz botqog‘ida bo’lgan insonning o‘limiga o‘ynalgan o‘yinlar, haqiqiy dunyoning bemaniliklariga oyna tutayotgan edi. Tomoshabin faqat “nima bo‘ladi?” savolini emas, “nega bunday bir tizim bor”savolini ham o‘ylayotgan edi.

Lekin 3-mavsum bir ma’noda o‘z muvaffaqiyatining qurbonidir.

O‘yinlar yanada “katta”, ishlab chiqarish yanada “ko‘zni qamashtiruvchi”, lekin ostki matn yanada “bo‘sh”.

O‘yinlar yaxshiroqmi, yoki ko‘proq ko‘rsatmalikmi?

“Hide & Seek”  kabi yangi o‘yinlar hayajon yaratsa-da, endi o‘yinchilarning taqdiri biror xarakter rivojlanish vositasi emas, faqatgina ko‘rinish “shok effekti” edi. Tomoshabin birinchi mavsumda xarakterlar bilan bog‘lanayotgan edi. 3-mavsumda esa qahramonlar tezda sarflanmoqda, dramatik bog‘lanish o‘rnatmasdan o‘lmoqda. Bu esa final mavsumini yanada sovuq, yanada yuzaki qilmoqda.

Gi-hun’ning Soyasi: Asosiy qahramonning o‘rni yo‘qolgan

Gi-hunning 3-mavsumga qaytishi umid beruvchi edi. Ammo xarakterning ichki o‘zgarishining dramatik chuqurligi yetarlicha ishlanmagan.

Faqat “yaxshiroq bo‘lishga harakat qilayotgan” bir odam portreti chizilgan; lekin bu na hissiy jihatdan yetarlicha kuchli, na hikoya jihatidan o‘ziga xos.

Ta’sirchanlik zaif, motivatsiyalar yuzaki.

Globalizatsiya bilan kelgan yuzakilik

Netflix’ning serialini global yulduzga aylantirish urinishlari 3-mavsumda aniq sezilmoqda. Cate Blanchett’ning cameo’si kabi Gollivudning yulduz changlari sepilmoqda — lekin bu, mazmunni chuqurlashtirmaydi. Aksincha, serialningning birinchi mavsumdagi “Koreyaga xos, lekin dunyoviy” tili, bu mavsumda esa “hamma uchun mos, lekin hech kimga ta’sir qilmaydigan” bir tuzilishga aylangan.

Tanqidchilar nima demoqda? Tomoshabin nima his qilmoqda?

Tanqidchilar mavsumga bir-biridan farqli reaksiyalar berdi.

Rotten Tomatoes’da %78 kabi “nafaqat yaxshi, nafaqat yomon” o‘rtasida bir ball berdi.

Metacritic esa 66 ball bilan o‘rtacha ta’sirni ko‘rsatmoqda.

Tomoshabinlarning izohlari esa aniqroq: “Yaxshi suratga olingan, lekin ruhi yo‘q.”

 “Finalmi? Ko‘proq reklama filmi kabi.”

“Kalmar O‘yinlarini’ni sevdik, lekin bu mavsum bilan xayrlashmadik; faqat orqamizni o‘girib oldik.”

🔚 Natija: Uchinchi mavsum, ikkinchi bir imkoniyat emaski; uzaytirilgan bir xayrlashuv bo‘lsin

Kalmar O‘yinlari – Squid Game’ning 3-mavsumi, kuchli boshlanayotgan bir hikoyaning keraksiz cho‘zilgan va tijoratlashtirilgan so‘nggi halqasi kabi ko‘rmoqda.

Finaldagi hissiy sahnalar bilan yopilishni bog‘lashga harakat qilsa-da, tomoshabin allaqachon bog‘ini uzib qo‘ygan.

Bu mavsum bir narsani isbotladi, u ham shuki:

Ba’zi hikoyalar eng ta’sirli holatlari bilan qoldirilishi kerak ekan.

💬 Siz nima deb o‘ylaysiz?

3-mavsum sizni qoniqtirdimi, yoki birinchi mavsumning yaratilgan sehriga soya tushirdimi?

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *