Rok musiqasining zulmat shahzodasi, “Telba” laqabli Ozzi Osborn bizni tark etdi…
?️ Biz faqat san’atkor bilan emas balki bir davr, bir madaniyat bilan ham xayrlashyapmiz.
Uning hayotidagi unutilmas lahzalar bilan tanishing:
Black Sabbath guruhining tashkil topishi (1968-yil)

“Heavy metal” asoschilaridan biri bo‘lgan “Black Sabbath” guruhining ilk vokalisti edi.
“Paranoid” va “Iron Man” kabi qo‘shiqlari bilan musiqa olamining qorong‘u tomonini yaratdi.
Yakkaxon faoliyati (1980-yildan keyin)

“Crazy Train”, “Mr. Crowley”, “No More Tears”…
Yakkaxon faoliyatida ham u afsonaga aylandi. Albomlari millionlab nusxada sotildi.
U sahnada “senzura” tanimasdi

Ko‘rshapalak tishlashi, telbanamo shoulari bilan doim chegaralarni buzdi.
U sahnada san’atkor emas talandga boy shoumen edi!
“Osbornlar” realiti shousi (2002-yil)

MTV’da efirga uzatilgan realiti shou orqali u yangi avlod bilan tanishdi.
Xaotik oilasi bilan butun dunyoga o‘zini qaytadan tanishtirdi.
Sog‘liq uchun kurash va sahnaga qaytish

Parkinson kasalligiga chalinganiga qaramay, u baribir musiqadan voz kechmadi.
Oxirgi konsertida ham “Rok musiqasi o‘lmadi, men shu yerdaman!” deya hayqirdi.
Qora “taxt”da so‘nggi xayrlashu

? Konsert davomida u shunday dedi:
“6 yil to‘shakda yotdim, hech narsa qilmadim… Qanday his qilganimni tasavvur ham qila olmaysiz.
Chin qalbimdan sizlarga rahmat aytaman.”
? Konsertdan tushgan barcha daromad Parkinson kasalligi bo‘yicha tadqiqotlar va boshqa xayriya ishlari uchun bag‘ishlandi.
? Ozzi faqat ovozi bilan emas, qalbi bilan ham afsona edi.
? Endi ortda faqat uning ovozi, zulmat qo‘shiqlari va telbanamolik bilan daholik orasida o‘tgan bir umr qoldi.
? Xotirang biz bilan abadiy yashaydi, Ozzi. Rok sen bilan hamisha yashaydi. ?
Shu va shuning kabi ma’lumotlarni linkdan topishingiz mumkin


















