Uyimizda sodir bo‘ladigan narsalar bizga oddiy holdek tuyuladi lekin chet ellik odam ko‘rsa: “Nima bo‘lyapti o‘zi?” deyishi aniq!😅
O‘zbekistonda yillar davomida davom etib kelayotgan ba’zi an’analar borki, tashqaridan qaragan odam uchun g‘alati tuyulishi mumkin. Ammo bizning madaniyatimizda ularning har birining o‘ziga xos ma’nosi va o‘rni bor.
Keling, birgalikda ko‘rib chiqamiz: “G‘alatimi? Yo‘q, bu juda ham oddiy narsa-ku!”
Kelin salom

Yangi kelin kirib kelib boshini egib kattalarga salom beradi. Hammaning oldida… Bu biz uchun hurmat belgisi lekin chet elliklarda “Nimaga bu darajada jiddiy?” degan taassurot uyg‘otishi mumkin.
Osh pishgan uyga “tasodifan” kirib qolish

Agar osh pishib endi dasturxonga tortilayotganda mehmon kelsa, demak u mehmonning qaynonasi yaxshi ko‘rgan bo‘ladi.
Kelin ko‘rish kuni

To‘y tugagach “rasmiy kelin ko‘rish” kuni bo‘ladi. Qo‘shnilar, qarindoshlar, xolalar va hatto qo‘shnilar ham chiqishadi. Begonalar “Kelin suhbatga kiryaptimi?” deb o‘ylashi mumkin lekin bizda bu tanishuv marosimi hisoblanadi.
Sovchi yuborish

“Sirli komissiya” degan narsamiz bor. Qizning oilasini bilmay turib tekshiruv o‘tkaziladi. Bu to‘la-to‘kis o‘zbekcha razvedka usuli.
Tashqaridan qaragan odam: “Bu biroz kinodagidek emasmi?” deb aytishi mumkin.
Ha, to‘g‘ri… ham drama, ham komediya aralash bo‘ladi-ku shunday emasmi?!
Bo‘ydoqlarga savol: “Qachon uylanasan?”

Bayram, marosim, to‘y, ta’til — farqi yo‘q. Agar siz 23 yoshdan oshgan yigit bo‘lsangiz, bu savolga tayyor turing.
Chet elliklar uchun bu juda shaxsiy tuyulishi mumkin lekin bizda bu… oddiy suhbat boshlovchi savol xolos!
Qizlarga 16 yoshidan boshlab: “Seni ham turmushga beramiz” deyish

Qiz 16 ga to‘ldimi… “navbat endi senga” degan gaplar boshlanadi. Hazilga o‘xshaydi lekin hamma buni jiddiy qabul qiladi. Chet ellik kishi hayron bo‘lishi mumkin: “U hali bola-ku?” deb. Bizda esa: “Vaxti keldi” degan signal berilgani seziladi.
Agar bu ro‘yxat sizga kulgili tuyulgan bo‘lsa — bu normal holat. Chunki bu bizning “normal” hayotimiz.
Lekin biling-ki, har birining tagida hurmat, samimiylik va an’ana bor.✨
Sizga ko‘ra, bu an’analardan qaysi biri eng “hayratlanarli”? Yoki yana qaysi “normalimiz” boshqalar uchun g‘alati tuyuladi?
Izohlarda suhbatlashamiz! 😂👇