“Hukmdor Usmon” serialida Mert Yazijio‘g‘li davri kelmoqda, u endi
O‘rxanbey rolini ijro etadi.

ATV telekanalida har chorshanba kuni efirga uzatiladigan reyting qiroli “Hukmdor Usmon” serialida yangi davr boshlanmoqda. Serialning ssenariy muallifi va prodyuseri Mehmet Bozdag‘ kecha qilgan bayonoti orqali aktyor Mert Yazijio‘g‘lining aktyorlar safiga rasman qo‘shilganini e’lon qildi.

Bozdag‘ Film quyidagi mazmunda bayonot berdi:
“Yangi davr boshlanmoqda! Usmonbeyning o‘g‘li O‘rxanbey obrazini Mert Yazijio‘g‘li gavdalantiradi. Muborak bo‘lsin. Hush kelibsan, Mert Yazijio‘g‘li!”

Shu tariqa u yangi mavsumda serialda qatnashishini rasman tasdiqladi.
Kunlar avval Burak O‘zchivit “Hukmdor Usmon” serialini tark etgandi, buning sababi esa shu yerdagi habarda yozilgan