Blog

Dunyoning eng “yoshi katta” chaqalog‘i tug‘ildi!

Ha, bu hazil emas, haqiqiy hayotdan!

Amerikada 2024-yilning noyabrida ona qorniga joylashtirilgan va 1994-yilda muzlatilgan embriyondan tug‘ilgan “Thaddeus Daniel Pierce” ismli chaqaloq, 2025-yil 26-iyul kuni Ohio shtatida dunyoga keldi! 👶✨

“31 yoshli bola? Bu qanday bo‘lishi mumkin?” deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, siz yolg‘iz emassiz 😄

👩‍❤️‍👨 Tim va Lindsi Pirs  super qahramon ota-ona

Juftlik 7 yildan beri farzand ko‘rishga urinayotgan edi. Ular nihoyat o‘z orzulariga erishdi lekin bu oddiy yo‘l bilan bo‘lmadi.

Ular Linda Archerd ismli ayol tomonidan 1994-yilda (ha, aynan siz tug‘ilmasdan oldin) muzlatilgan embriyonlarni “asrab olish”ga qaror qilishdi.

👶Singlisi undan 30 yosh katta!”

Embriyon aslida o‘sha yillarda bepushtlikka qarshi kurashayotgan Linda va uning sobiq turmush o‘rtog‘i  tomonidan yaratilgan edi. Juftlik birinchi urinishda qiz farzandli bo‘lgan, qolgan uchta embriyonini esa muzlatib qo‘ygan edi.

Bugungi kunda o‘sha embriyondan dunyoga kelgan Faddey ismli chaqaloqning 30 yoshli singlisi bor va singlisi allaqachon 10 yoshli farzandning onasi. 😅

🧊 Muzlatilgan millionlab embriyondan faqatgina bittasi edi

Linda Archerd oradan yillar o‘tib qolgan embriyonlarini boshqa farzand ko‘rishni istagan oilalarga “hadya qilishi” mumkinligini bilib qoldi. Shundan keyin u embriyonlarni donorlik dasturiga topshirdi.

Aytishlaricha, bu embriyonlar “joylashtirilishi qiyin” toifasiga kirar ekan. Chunki ular yillar davomida muzlatilgan va sog‘lom chaqaloqqa aylanishi ehtimoldan yiroq deb hisoblangan Ammo…

Surpriiiz! 🎉 Natija? Sog‘lom va shiringina chaqaloq!

❤️ “Bu bola biz uchun mo‘jiza!”

Pierce juftligi MIT Technology Review’ga bergan intervyusida shunday deydi:

“Tug‘ruq jarayoni biroz og‘ir o‘tdi lekin endi ikkalamiz ham yaxshimiz. Biz bebaho bolamiz borligiga ishonolmayapmiz.”

😭 Linda Archerd esa shunday deydi:

“Bu juda emotsional tajriba bo‘ldi. Hattoki bu rostdan sodir bo‘lganiga ishonish qiyin. Bu — haqiqiy mo‘jiza!”

🔬 Embriyonni joylashtirgan klinika haqida…

Ushbu mo‘jizaviy jarayonni olib borgan klinika embriyon sonini kamaytirish maqsadida ishlovchi endokrinolog — Dr. Jon Gordon tomonidan boshqariladi. Yillar davomida unutilgan embriyonlarga hayot baxsh etish ularning asosiy vazifasidir.

💬 Nima deb o‘ylaysiz?

Siz ham bu hikoyani o‘qib hayratda qoldingizmi? 31 yil oldin muzlatilgan embriyonning bugun bir odamga aylangani sizga qanday tuyuldi?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 👇

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *