Ha, adashmadingiz! Dunyo yulduzi Jennifer Lopez Istanbulga kelib shopping qilmoqchi bo‘ldi. Lekin kiyim do‘konining eshigidagi xavfsizlik xodimi uni tanimay, xotirjam tarzda: “do‘kon to‘la” deb ichkariga kiritmadi! ?
Yulduz esa bir muddat hayron bo‘lib qarab turgan lekin janjal qilmasdan ketgan. Aytishlaricha, juda oddiy kiyimda bo‘lgan ekan, shuning uchun tanimagan bo‘lishi mumkin.

? Internetda esa hazillar yog‘ildi: “Do‘kon to‘la emish, JLo esa bekorchi!
“Men bo‘lganimda o‘z joyimni berardim!”
JLo Istanbulga yana kelsa, ehtimol bu safar do‘konga “to‘la emas” degan yozuv bilan kutib olishar… ?


















