FaunaTOP

Itlar haqida siz noto‘g‘ri biladigan 7 ta haqiqat

Ularni yaxshi ko‘ramiz lekin ba’zida ularni butunlay noto‘g‘ri tushunamiz. Mana, itlar haqida odamlar orasida mashhur bo‘lgan ammo aslida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan 7 ta fakt:

1. “Itlar faqat oq-qora rangda ko‘radi.”
❌ Noto‘g‘ri!
🔍 Haqiqat: Ular barcha ranglarni farqlay olishadi ammo odamlardek ko‘p rangni ko‘rishmaydi. Ko‘k va sariq ranglarni ancha aniq ajrata olishadi.

2. “Agar it dumini qimirlatayotgan bo‘lsa, demak u xursand.”
❌ Noto‘g‘ri!
🔍 Haqiqat: Dum qimirlatish quvonchni emas balki hayajon, stress yoki agressiyani ham anglatishi mumkin. Dumning yo‘nalishi tana tili kabi juda muhim!

3. “Itga suyak berish eng yaxshi mukofotdir.”
❌ Noto‘g‘ri!
🔍 Haqiqat: Ayniqsa tovuq suyagi xavfli bo‘lishi mumkin. Bo‘g‘ilib qolish yoki ovqat hazm qilish muammolariga olib keladi.

4. “Qari itga yangi harakatlar o‘rgatilmaydi.”
❌ Noto‘g‘ri!
🔍 Haqiqat: Itlar har qanday yoshda o‘rganishlari mumkin. Sabr, mukofot va muhabbat bilan!

5. “Nam burun = sog‘lom it.”
❌ Noto‘g‘ri!
🔍 Haqiqat: Ba’zida sog‘lom itlarning burni quruq bo‘lishi mumkin. Asosiy belgisi agar xulqida o‘zgarish bo‘lsa, e’tiborli bo‘lish kerak!

6. “Kichik itlar kamroq harakat qilishi kerak.”
❌ Noto‘g‘ri!
🔍 Haqiqat: Kichkina lekin energiyasi ko‘p bo‘lgan itlar bo‘lishi mumkin. Ko‘rinishi emas zoti va xarakteri muhim.

7. “Bir marta agressiv bo‘lgan it doim shunday qoladi.”
❌ Noto‘g‘ri!
🔍 Haqiqat: Xulq-atvori to‘g‘ri tarbiya bilan tuzalishi mumkin. Itlar o‘rganishga va o‘zgarishga juda ochiq jonivorlar hisoblanadi.

🦴 Itlarni faqat yaxshi ko‘rish yetarli emas ularni to‘g‘ri tushuna olish ham kerak.
Ko‘proq hayvonlar haqidagi kontentlar uchun mood.uz’da qoling! 🐾

    Reaksinagiz qanday?

    Tegishli Postlar

    Javob qoldirish

    Your email address will not be published. Required fields are marked *