Yulduzlar aybdormi? — (2014-yil)
Jon Grinning yurakni larzaga soluvchi romanidan moslashtirilgan “Yulduzlar aybdormi?” filmi, 16 yoshli saraton kasalligi bilan kurashayotgan Xeyzel Greys Lankaster (Sheylin Vudli)ning saraton bemorlari uchun tashkil etilgan qo‘llab-quvvatlash guruhida Avgust “Gus” Uoters (Ensel Elgort) bilan uchrashuvini hikoya qiladi. Kitoblar va saraton bilan bog‘liq o‘xshash tajribalari ularni tezda yaqinlashtiradi va bu tanishuv unutilmas, dostonlardagi muhabbat qissalariga aylanadi.
Xeyzel va Gus matonat hamda cheksiz hissiyotlar uyg‘unligida o‘zlarining abadiy emasliklari bilan yuzlashadi. Har ikki aktyorning ijrosi nozik, hazilomuz va juda ham yoqimli. Agar bu film sizni ko‘z yoshlariga g‘arq qilmasa, demak sizni hech narsa yig‘lata olmaydi.Zakovat egalari — (2016-yil)
Bu ilhomlantiruvchi film NASA’ning Jon Glennni Yer orbitasiga chiqishi kabi aql bovar qilmas yutuqqa erishishida yordam bergan qora tanli ayol matematiklarning haqiqiy hikoyasiga asoslangan. Ketrin Gobl Jonson (Taraji P. Xenson), Doroti Von (Oktaviya Spenser) va Meri Jekson (Janel Mone) ochiqchasiga irqchilik va kamsitishlarga duch keladi lekin ularning daholigi yo‘llaridagi barcha to‘siqlarni yenga oladi.
Xensonning hamkasblarining noto‘g‘ri qarashlari haqidagi monologi filmdagi eng ta’sirli sahnalardan biri bo‘lib ko‘zlaringizni yoshga to‘ldirishi aniq.
Oilaga salom! — (2005-yil)
Bu oila dramasida Dermot Malruni va Sara Jessika Parker Everett Stoun va Meredit Morton juftligini gavdalantiradi. Ular birinchi marta Everettning yaqin oilasi bilan Rojdestvoni birga o‘tkazadi. Everettning onasi Sibil (Dayan Kiton) saraton kasalligini yenggan ayol bo‘lib uning kasallikka qarshi kurashi oilaning boshidan kechirgan dramalarining asosiy qismini tashkil etadi. Mereditning g‘ayrioddiy fe’l-atvori Stoun oilasi bilan to‘qnash keladi, natijada eski kelishmovchiliklar yuzaga chiqadi va munosabatlar sinovdan o‘tadi faqat Everettning ukasi Ben (Lyuk Uilson) bundan mustasno. Meredit u bilan birinchi uchrashuvni o‘zida yaxshi chiqishib ketishadi. Mohir aktyorlar tarkibida Reychel Makadams, Kreyg T. Nelson va Kler Deyns ham ishtirok etgan. Kulgu va samimiy his-tuyg‘ular bilan uyg‘unlashgan bu asar, noqulay lahzalarni ham chiroyli yarashuv onlari bilan muvozanatlashtiradi.