Oda TV’dan Sina Kolog‘lu xabariga ko‘ra, Hande Erchel va Barish Arduch, “Muhabbat va Ko‘z yoshlari” serialining har bir bo‘limiga 3,5 million TL (85.600 dolar) maosh oladigan bo‘ldi! 😱💸

Lekin ishning asli shunday, serialning bir bo‘limi 20 million TLga tushadi. Bu xarajatni qoplash uchun serialning reytingi 7 olishi kerak ekan. Ya’ni, ham sevgi, ham reyting kurashi bor! 💔📺

🎬 “Hukumdor Usmon” serialidan Burak O‘zchivit Nima Uchun Ketdi?
Eslaysizmi, Burak O‘zchivit ham “Hukumdor Usmon” serialidan har bir bo‘limiga 4 million TL (97.800 dolar) maosh istagandi. Faqat bu narxga serial rejissorlari rozi bo‘lmadi va Burak O‘zchivit serialni tark etgandi… Podshoh bo‘lish qiyinroq va qimmatroq bo‘ladida, to‘g‘rimi?… 👑😎
💡Yoshlarning Fikri:
“Hande va Barish haqiqiy maosh rekordini yangilaydi, biz esa Netflix’ga arzimagan pulga obuna bo‘lib serialni tomosha qilamiz 😂”