Madaniyat va dam olish

Reklamadan Kinoga:  40 Yoshni Qarshi Olayotgan Lolaning – San’atdagi Hayotiy Hikoyasi Va Kuchli Qaytishi!

Qo‘shiqlari bilan qalblarni zabt qilgan, xit taronalar ijrosi bilan mashhur bo‘lgan Lola, 4-sentabr kuni 40 yoshini qarshi oladi! 🎉 Faqatgina kuylash bilan cheklanib qolmagan xonanda, “Sevinch”, “Kelgindi kuyov”, “Yondiradi, kuydiradi” va “Farhod va Shirin” kabi kinolarda ham suratga tushgan.

👨‍👩‍👧‍👦 San’atga qiziqish oiladan

Lola Yo‘ldosheva 1985-yil Toshkentda tug‘ilgan. Otasi Ravshanbek Yo‘ldoshev ichki ishlar organlarida tergovchi bo‘lgan ammo san’atga qiziqishi bilan mashhur. Shu qiziqish tufayli u “Tarona Rekords” prodyuserlik kompaniyasini asos solgan va ko‘plab yulduzlarni kashf qilgan. Lola oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ukasi Rustam va singillari Anora hamda Asal bilan birga katta bo‘lgan.

🎓 Ta’lim va kasb

Lola yoshligida gumanitar fanlarga qiziqib, Buyuk Britaniyada o‘rta maktabni bitirgan keyin Moskva xalqaro universitetini tamomlagan. Toshkentga qaytgach, Vestminster xalqaro universitetida biznes bilimlarini mustahkamlagan keyin Toshkent davlat yuridik universitetida oliy ma’lumotli yurist sifatida tahsilini yakunlagan.

🎬 Reklama roligidan xit taronagacha

Xonanda ijodini 10 yoshida “Shiribom” reklama roligidan boshlagan. 2002-yilda “Netayin” taronasi xit bo‘lib, Rossiyalik prodyuserlar bilan shartnoma imzoladi va bir muddat Mayya taxallusi ostida ijod qildi. 2003-yilda “Sevinch” filmida suratga tushib, aktrisa sifatida ham tanilgan. Shundan keyin “Muhabbatim”, “Topdim baxtimni”, “Senga” va boshqa taronalar bilan muxlislarini xursand qilgan.

💔 Omadsiz birinchi turmush

Lola birinchi turmushida 2005-yilda “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” mukofotini qo‘lga kiritdi ammo turmushi uzoq davom etmadi. Ijodga tanaffus berib, oilasiga bag‘ishlagan vaqtida bir qancha cheklovlar va qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. U Instagramda hayotidagi qiyinchiliklarni ochiqchasiga yozgan: “Ikki farzandli bo‘ldim, har kuni ertalab soat 6:00 da turardim, yarim kechasi uxlashga yotardim. Hayotimdagi asosiy maqsad oila a’zolariga xizmat qilish edi. Faqat tushimda o‘zimni baxtli va erkin his qilardim.”

💕 Ikkinchi turmush va baxt

2017-yilda Lola Samarqandlik tadbirkorga turmushga chiqdi va hozirda ularning bir nafar farzandi bor. Lolaning esa eski turmushidan 2 nafar farzandi ham bor. Xonanda qayta ijodga qaytib, o‘zining san’atdagi kuchli va mustaqil qiyofasini namoyon qilmoqda.

💫 Lola hikoyasi shuni ko‘rsatadiki, qiyinchiliklar hayotni to‘xtata olmaydi – xohlash va qat’iyat bilan har kim o‘z baxtini topishi mumkin!

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *