Madaniyat va dam olishUmumiy

Afsonaviy pop yulduzi Maykl Jeksonning yarim milliard dollarlik qarzi

NBC xabariga ko‘ra, 15 yil avval vafot etgan pop qiroli Maykl Jekson o‘limidan oldin 500 million dollar qarzi bo‘lgan ekan. 😮

San’atkorning mol-mulkini taqsimlovchilar Los-Anjeles okrugining Oliy sudiga topshirilgan hujjatlarga ko‘ra, Jeksonning aktivlari umrining oxirida kreditorlar uchun muammo bo‘lgan. Qarzning bir qismi esa o‘ta yuqori foiz stavkalari bilan bo‘lgan. Kreditorlar soni esa 65 kishidan ortgan.

2018 yilda Jeksonning mulkidan tushgan mablag‘lar advokatlar va boshqa xarajatlarni qoplash uchun ishlatilgan. Sud hujjatlarida vafotidan keyin ham kreditorlarning da’volari davom etgani aytiladi ammo mulk taqsimlovchilar ularning ko‘pchiligini hal qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Maykl Jekson esa mablag‘larini xayriya, hashamatli buyumlar va sayohatlarga sarflagan. Moliyaviy ekspertlar esa Jekson o‘z ishlarini yo‘lga qo‘yishga uringanini qayd etadi. Vafotidan oldin u yangi qo‘shiqlar ustida ishlagan, bu esa keyinchalik moliyaviy holatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin edi.

Shuningdek, eslatib o‘tamiz, avvalroq Maykl Jeksonning mashhur reklama roligidagi kurtkasi auksionga qo‘yilgandi. ✨

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *