“Agar samolyot qimmat bo‘lsa, poyezdga chiqing, manzarani tomosha qilib sayohat qiling!” Yevropada poyezd safarlari ham nostalgiya ham zavqli bir tomosha. Mana ryukzagini olib sayohat qiladigan sayohatchilarning sevimli yo‘nalishlari:
Parij → Nitssa (Fransiya 🇫🇷)
• ⏱️ Vaqt: 6 soat
• 💸 Narx: 25–50€ (oldindan olinsa)
• 🌊 O‘rta Yer dengiziga borish, uzumzorlar va tog‘ manzaralari hamrohligida albatta.
• 🎯 Nega? Fransuz lojuvard sohiliga poyezdda borishning zavqi butunlay boshqacha.

Milan → Venetsiya (Italiya 🇮🇹)
• ⏱️ Vaqt: 2,5 soat
• 💸 Narx: 15–30 €
• 🛶 Oxirgi bekat: kanallar va qayiqda sayohat!
• 🎯 Nega? Ertalab espresso, tushda poyezd, kechqurun qayiqda sayohat!

Praga → Vena → Budapesht (Chexiya – Avstriya – Vengriya)
• ⏱️ Har bir yo‘nalish: 2,5 soat
• 💸 Har bir chipta o‘rtacha 10–20 €
• 🌍 3 ta davlat – 3 ta poytaxt – 1 ta chipta!
• 🎯 Nega? Yevropa sayohatini poyezdda boshlamoqchilar uchun “starter pack”

Syurix → Insbruk (Shveysariya – Avstriya 🇨🇭🇦🇹)
• ⏱️ Vaqt: 3 soat
• 💸 Narx: 20–35€
• 🏔️ Tog‘lar, ko‘llar, tumanli vodiylar…
• 🎯 Nega? Har bir deraza — xuddi kompyuterdagi fon rasmidek

Berlin → Kopenhagen (Germaniya – Daniya 🇩🇪🇩🇰)
• ⏱️ Vaqt: 7 soat (qayiqda sayohat ham kiritilgan)
• 💸 Narx: 30–50 €
• ⛴️ Poyezd + qayiq= “yo‘lda bo‘lish” hissi maksimal
• 🎯 Hali ham o‘ylanyapsizmi? Germaniyadan chiqing va Skandinaviyaga poyezdda qadam qo‘ying.

Lvov → Kiyev (Ukraina 🇺🇦)
• ⏱️ Vaqt: 5–6 soat (kechki reyslar ham bor)
• 💸 Narx: 5–15 €
• 🚉 Nostalgik poyezdlar, deraza yonida yoqimli kayfiyat
• 🎯 Nega? Arzon + mahalliy + samimiy sayohat tajribasi

📌 Bonus
• 🎫 Interrail yoki eurail.com orqali oldindan reja tuzing.
• 🎧 Musiqalar ro‘yxatingizni tayyorlang, deraza yonini egallab oling.
• 📷 Instagram uchun emas balki kinolardagidek kadrlar chiqadi.
👇 Yo‘nalishingizni tanlang, chiptani oling, derazani oching! Ko‘proq tavsiyalar mood.uz’da sizni kutmoqda.