Rossiyaning madaniyat poytaxti — Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan VI Lendoc Film Festival o‘zining kutilmagan yulduzini ko‘rdi: Ra’no Shodiyeva! ✨
O‘zbekistonlik aktrisa “Bahorni quvib” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. Ha, endi “Oscar”gacha ham uncha uzoq qolmagandek 👀

🎥 Festivalda kimlar qatnashmadi deysiz?! Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, hatto Yevropa va Hindistondan mehmonlar kelishgan. To‘g‘rirog‘i, butun dunyo yulduzlari bitta sahnada jam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ammo hamyurtimiz rejissyor Ayyub Shahobiddinovning “Bahorni quvib” filmi barchani lol qoldirdi va birdaniga ikki mukofotga ega chiqdi. 👏
🏆 Festivalning asosiy g‘oliblari:
Eng yaxshi film — “Elizium”, rejissyor Pradip Kurba
Eng yaxshi rejissura — “Evakuatsiya”, Farhat Sharipov
Eng yaxshi erkak roli — Abilay Marat & Omurbek Israilov (“Chegaradagi kelishuv”)
Eng yaxshi ssenariy — Erkin Azamov (“Bahorni quvib”)
Eng yaxshi ayol roli — Ra’no Shodiyeva (“Bahorni quvib”) 🎉

🌍 Lendoc Film Festival oddiy kino bayrami emas — u ijodkorlarni birlashtiradigan, yangi g‘oyalarni tug‘diradigan va kinematografiyaning kelajagini belgilaydigan maydon.