O‘zbek kinosining yorqin yulduzi Sitora Farmonova 41 yoshni qarshi oldi! 🎉 U nafaqat mahalliy filmlarda balki xorij kinolarida ham rol o‘ynab, muxlislar qalbidan joy olgan. Lekin uning hayot yo‘li kinolardan ham qiziqroq!

✨ Bolaligida to‘polonchi qiz bo‘lgan Sitora 15 yoshida oilasiga yordam berish uchun kafeda ishlagan hatto shirinlik pishirib sotgan. Keyin esa tasodifan klip syomkasiga tushgan va aktrisalikka yo‘li ochilgan.

🎥 Uning faoliyatida og‘ir kunlar ham bo‘lgan: “Baykonur” filmida jarohatlangan, Rossiyada sahnada yiqilib, sahna orqasida ko‘z yosh to‘kkan. Lekin eng katta qarori — Gollivuddan kelgan 700 ming dollarlik behayo sahnali taklifni rad etgani. “Puldan ko‘ra oila va nomim muhimroq”, — deydi u. 🙌

💍 Vanihoyat, 2024-yilda 40 yoshida uzoq kutilgan to‘yini o‘tkazdi! To‘y Dubayda yopiq tarzda bo‘ldi. Kuyov — Muhammad ismli o‘zbek yigit, biznes bilan shug‘ullanadi. “Meni tashqi ko‘rinishim uchun emas, qalbim uchun sevdi”, — deydi Sitora.
👀 Endilikda u shaxsiy hayotini sir tutishni afzal ko‘radi:
“Farzandli bo‘lsam ham ommaga ko‘rsatmayman. Oila — muqaddas.”