IMDb reytinglariga ishonch bormi? Bor.
Juda yaxshi, ham kino tarixiga kirgan, ham reytingini haqiqatdan oqlagan filmlar bor.
Mana, ham yuqori baholangan, ham “voy, aka, bu qanaqa film ekan-a” degizvoradigan 10 ta film.
“Shoushenkdan qochish” (1994) – 9.3

Ozodlikka eltadigan yo‘l nam devorlardan va umidga to‘la orzulardan o‘tishini ko‘rsatib bergan afsona.
“Cho‘qintirgan ota” (1972) – 9.2

Mafiya kinosining otasi. Faqat bitta “Ota” bor va u shu filmda.
“Qora Ritsar” (2008 ) – 9.0

Super qahramon filmi ammo san’at darajasida. Xit Lejerning “Joker” obrazi kino tarixiga o‘yib yozildi.
“G‘azablangan 12 Odam” – 9.0

Faqat bitta xonada suratga olingan va ko‘z uzmasdan tomosha qiladigan adolat kurashi.
“Shindler ro‘yxati” (1993) – 9.0

Haqiqiy voqea, oq-qora ichida ulkan insoniylik sabog‘i
“Kriminal hikoya” (1994) – 8.9

Tarantinoning vaqt bilan o‘ynagan, dialoglari bilan afsonaga aylangan durdonasi.
“Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi” (2003) – 8.9

Kino olamida doston qanday yozilishini ko‘rsatadigan saboq kabi. 11 ta “Oskar” mukofotini bekorga olmagan.
“Forrest Gamp” (1994) – 8.8

“Hayot — shokolad qutisiga o‘xshaydi…”
Ham kuldiradi ham ko‘zingizga yosh keltiradi.
“Muqaddima” (2010) – 8.8

Kristofer Nolanning tush ichida tush filmi. Hali ham final sahnasi munozara qilinadi.
“Jang Klubi” (1999) – 8.8

Bu film juda ko‘p tomosha qilingan, har safar yangi narsani ochib beradigan tizim tanqidi.