BlogTOPUmumiy

Intellektual suhbatlarda tilga olinadigan 8 ta afsona film

“Siz Tarkovskiyni yoqtirasizmi?”
Agar shu savol bilan yuzlashgan bo‘lsangiz va javobingiz noaniq bo‘lsa… bu ro‘yxat siz uchun.
Afsona film = Hamma eshitgan, lekin juda kam odam ko‘rgan filmlar.
Lekin siz ko‘ring, chunki bu filmlar ham aql, ham estetikani talab qiladigan turdan.

“Stalker” (Stolker1979) – Andrei Tarkovsky (Andrey Tarkovskiy)

– Falsafiy asoslari bilan “men film ko‘rmayapman, balki tafakkurga kiryapman” deydiganlarning sevimlisi.

“Persona” (1966) – Ingmar Bergman

– Shaxsiyat, “men” va sukunat haqida yaratilgan psixologik durdona asar.
Tomosha qilganingizda sizni o‘zingizga qaytaradi.

“La Haine” (1995) –Mathieu Kassovitz (Matyo‘ Kasovits)

– “Nafrat” degan ma’noni anglatadi va Fransiyaning chekka hududlaridan unutilmas bir hikoya kelib chiqadi.
Qora-oq, ammo ma’nosi juda rang-barang.

“A Clockwork Orange 1971” (Zavodli apelsin)– Stanley Kubrick (Stenli Kubrik)

– Zo‘ravonlik, erkin iroda va jamiyat haqida noqulay, lekin ta’sirli klassika.

“Blue Velvet” (Moviy Baxmal 1986) – Devid Linch

– Amerika orzusining qorong‘i tomoni.
“Men nima ko‘rdim?” deb o‘ylatadigan, lekin tomosha qilishni to‘xtata olmaydigan film.

“Holy Mountain 1973” (Muqaddas Tog‘) – Alejandro Jodorowsky Alexandro Xodorovski

– Simvolizmning kitobini yozadi, hattoki yoqib yuboradi.
Ko‘zlaringiz bilan emas, aqlingiz bilan tomosha qilishingiz kerak bo‘lgan turdan.

Nostalghia (1983) (Sog‘inish) – Tarkovsky (Tarkovskiy)

– Sekin, sokin, chuqur.
Go‘yoki kino emas, she’r kabi oqib o‘tadi.

Pink Famingos (1972) (Pushti Flamingolar) – John Waters (Jon Uoters)


– Telba, bema’ni va ataylab “bezovta qiluvchi”.
Muqobil kinematografiyaning erkinlik hayqirig‘i.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *