BlogKibersportKonsolUmumiy

Magnus Carlsen (Karlsen) Esports Jahon Kubogida Chempion!

Dunyoning 1-raqamli shaxmat ustasi Magnus Carlsen (Karlsen), Riyad’dagi Esports World Cup’da o‘tkazilgan birinchi onlayn shaxmat turnirida g‘olib bo‘ldi.? U $250,000 (taxminan 188 ming £) mukofotni ham qo‘lga kiritdi. ?

EWC bu yil jami 70 million $ mukofot puli bilan 25 ta o‘yinda (Call of Duty, Street Fighter, LoL va boshqalar) dunyoning turli burchaklaridan jamoalarni birlashtirdi va ha, bu safar shaxmat ham rasmiy ravishda “esport” ro‘yxatiga kirdi. ?

Turnirda yurak urishini o‘lchaydigan qurilmalar, katta ekranlar, homiylar va sharhlovchilar bor edi… Qisqa qilib aytganda, an’anaviy esport muhitini his qilishdi. ? Guruh bosqichlaridan kelgan buyuk ustalar, playofflarda bellashdi va finalda Carlsen (Karlsen), dunyo 8-raqami Alireza Firouzja ustidan g‘alaba qozonib, oltin qoplamali kubokni ko‘tardi. ?

Carlsen (Karlsen)  sahnada:
“Bu hozirgach men  ko‘rgan eng noodatiy shou edi. Umid qilamanki, bu kelajakda shaxmat uchun katta bir o‘zgarish bo‘ladi. Balki keyingi safar yanada kattaroq sahnalarga chiqamiz.”
? 139 yil avval birinchi Jahon Shaxmat Chempioni taqdirlanganidan beri o‘yin butkul boshqa bosqichga yetdi va bugun shaxmat, EWC tufayli millionlab tomoshabinlar kuzatadigan esport sahnasida. ?

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 126

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *